Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Qahramon Aslanov maqolasi: Sulsherni iste’foga chiqarish to‘g‘ri qaror bo‘ladimi?

Qahramon Aslanov maqolasi: Sulsherni iste’foga chiqarish to‘g‘ri qaror bo‘ladimi?

Baho:
+ | -1

"MYU" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsherning iste’fosi alohida qaror sifatida balkim eng to‘g‘risidir, ammo bunday qaror ortidan ikkinchi masalani ham ergashtiradi - uning o‘rniga kim?

Afsuski, klub rahbariyati uchun nomzodlar u qadar ko‘p emas. Antonio Konte va Zidan varianti tilga olinyapti. Zidan bunday taklifni rad etishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi, Konte esa, ba’zi xabarlarga qaraganda, "MYU" rahbariyatini to‘liq qoniqtiradigan variant emas. Uning klubda ikkinchi Mourinyo bo‘lishidan xavotirlar bor. Birinchidan, Kontening o‘yin uslubi u qadar jozibador emas, ikkinchidan, xarakteri og‘ir. "MYU" bosslari klub boshida hujumkor o‘yin ko‘rsatadigan va uzoq muddatga jamoa muhitini ijobiy ushlab turadigan murabbiyni istashmoqda.

Bunday vaziyatda men Sulsherni yil oxirigacha qoldirishni tanlagan bo‘lardim. Yozda katta ehtimol bilan juda ko‘p, xususan "MYU" talablariga mos keladigan murabbiylarni qo‘lga kiritish imkoni paydo bo‘ladi. Masalan, "Ayaks" bosh murabbiyi Ten Xaag, Pochettino yozga borib iste’fo berishi mumkin, Grem Potter bor masalan - "Brayton" ustozi. Bu murabbiylar aynan hozir "MYU"ga kela olmaydilar: "Ayaks" YECHL da, "Brayton" APL da zo‘r boshladi. Yozda esa, murabbiylar tanlovi "MYU" rahbarlari uchun ancha keng bo‘ladi.

Yozgacha ishlashga rozi bo‘ladigan, ammo vaziyatni o‘nglash tajribasi bo‘lgan Xiddink, Benites yoki Ranyeri kabi nomzodlar ayni muddao bo‘lardi, lekin ular bo‘sh emas. Konte esa, bunday taklifga rozi bo‘lmaydi, u bilan kamida ikki yilga shartnoma imzolash kerak.

Shunchaki, Sulsherni bo‘shatish uchungina xush ko‘rilmagan nomzodni (Konte) tanlash samarali yechim emas, nazarimda.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 15:19, 26.10.2021.
O'qildi: 3360 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.