Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Zidan futbolchilik faoliyatidagi eng katta xatosi haqida gapirdi

Zidan futbolchilik faoliyatidagi eng katta xatosi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq yetakchisi Zinedin Zidan butun futbolchilik faoliyati davomida faqat bitta narsadan qattiq afsusda bo‘lganini tan oldi. Sobiq futbolchi hech qachon o‘z ona shahri klubi "Marsel" jamoasida o‘ynamaganidan xafa.

"Yoshligimda Marselni tark etganman. Futbolchi bo‘lganim uchun u yerda ko‘p yashay olmaganman. Vaqti-vaqti bilan shaharga tashrif buyurib turaman. 15, 16 yoki 17 yoshimda tez-tez "Marsel" o‘yinlarini ko‘rgani borardim va har doim o‘zimga shunday der edim: bir kun kelib shu yerda o‘ynayman. Lekin oxir-oqibat, turli sabablarga ko‘ra, menda hech qachon bunday imkoniyat bo‘lmadi. Bu futboldagi eng katta armonim", - dedi Zidan La Provence nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Zidan FIFA tomonidan uch karra yilning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2000, 2003) deb topilgan.

Manba: Sport-Box.ru
Kiritildi: 06:33, 02.11.2021.
O'qildi: 9029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик