Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

YECHL. "Atalanta" - "Manchester Yunayted". Raqamlar so‘zlaganda

YECHL. "Atalanta" - "Manchester Yunayted". Raqamlar so‘zlaganda

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-turi doirasida «Atalanta» o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.

Mazkur bahsdan oldin qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

* 2019/20 yilgi mavsumga qadar Sjempionlar Ligasida biror marta qatnashmagan «Atalanta» musobaqaning guruh bosqichida ketma-ket uchinchi yil ishtirok etmoqda. Debyut mavsumida chorak finalgacha yetib borgan Bergamo klubi, o‘tgan mavsumning nimchorak finalida «Real»ga imkoniyatni boy berdi.

* Italiya klubi o‘tgan mavsum D guruhining 6-turida «Ayaks»ni 1:0 hisobiga mag‘lub etgan holda 11 ochko bilan «Liverpul»dan keyin ikkinchi o‘rinni band etgan. Qayd etish kerak, o‘tgan mavsum 3-turida Mersisayd klubidan qabul qilib olingan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat Bergamo jamoasining yevrokuboklardagi eng yirik muvaffaqiyatsizligi sifatida tarixdan joy oldi. Gasperini jamoasi keyinchalik «Enfild»da o‘tgan bahsda 2:0 hisobida zafar quchib, guruhdagi holatini yaxshilab olgandi.

* «Atalanta» yevrokuboklardagi 26 uy uchrashuvida 4 mag‘lubiyat qayd etgan (13 g‘alaba, 9 durang).

* «Atalanta» o‘tgan mavsum Iataliya chempionatida ketma-ket ikkinchi mavsum 3-o‘rinni egalladi va Italiya kubogi finaliga qadar yetib borib, «Yuventus»ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

* «Atalanta» uchinchi mavsum guruh bosqichida qatnashayotgan bo‘lsa, ularning hammasida Angliya klublariga to‘qnash kelgan. Debyut mavsumida "Manchester Siti"ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib, keyingi uchrashuvda durang qayd etgan Bergamo klubi, o‘tgan mavsum «Liverpul» bilan bellashgan edi.

* «Atalanta» shuningdek, 2017/18 yilgi mavsumda Yevropa Ligasi guruh bosqichi doirasida «Everton»ga qarshi o‘ynagan. Birinchi to‘qnashuvda 5:1, ikkinchi o‘yinda esa 3:0 hisobida g‘alaba qayd etilgan.

* "Manchester Yunayted" Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 24-marotaba qatnashmoqda. Bu Angliya klublari orasida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda «Arsenal» (19) hamda «Chelsi» (18) klublari kelishmoqda. Umuman, musobaqada faqatgina «Real» va «Barselona» (26) hamda «Portu» va «Bavariya» (25) jamoalari mankunianliklardan ko‘proq marta YECHLda qatnashishgan.

* "Qizil iblislar" jami 18 marta guruhdan keyingi bosqichga yo‘l olishgan, bu ham Angliya klublari orasida rekord hisoblanadi. O‘tgan mavsumda esa MYU PSJ va «Leypsig» jamoalaridan keyin guruhda uchinchi o‘rinni egallagandi.

* 1968 yilda Yevropa kubogi sohibi bo‘lgan «Yunayted» YECHLda 1999 hamda 2008 yillarda chempion bo‘lgan hamda 2009 va 2011 yillarda finalga qadar yetib borgan. Mana shu 4 musobaqaning barchasi Ser Aleks Fergyuson davrida qo‘lga kiritilgan.

* Uchrashuvni Slavko Vinchich boshchiligidagi sloveniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Ayni vaqtda «Yunayted» hisobida 6 (1-o‘rin), «Atalanta»da esa 4 ochko (3-pog‘ona) mavjud.

* Jamoalarning birinchi davradagi to‘qnashuvida MYU Ronalduning 81-daqiqada kiritgan goli evaziga irodali g‘alabaga erishgandi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 14:00, 02.11.2021.
O'qildi: 4390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.