Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xet-trikka erishgan Levandovski va murabbiylar uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi

Xet-trikka erishgan Levandovski va murabbiylar uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-tur doirasida «Bavariya» o‘z maydonida «Benfika» klubini qabul qildi va 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda Robert Levandovski xet-trikka erishgan bo‘lsa, Gnabri va Sane ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. Mehmonlar safida Moreta va Nunes gol urishdi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Levandovski bahsdan keyin quyidagicha fikr bildirdi.

"Penaltini yomon amalga oshirdim, bu mening xatoim. Darvozabon qaysi tomonga sakrayotganini ko‘rgan bo‘lsamda, to‘pni noto‘g‘ri burchakka yo‘naltirdim. Yaxshiyamki, biz bir necha gollar urgan holda uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Yana bir ishonchli g‘alaba. Birinchi 20 daqiqa davomida to‘pga deyarli teginmadim. Hujunchi sifatida sabrli bo‘lish oson emas. Birinchi goldan keyin vaziyat biroz yumshadi. Bugun eng sevimli golim bu ikkinchi bo‘ldi. O‘tkazib yuborgan ikki goldan achchiqlandim. Bu bizga motivasiya berdi. Ayniqsa, bu Noyer uchun muhim".

«Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann: "Bugun quvnoq o‘tdi. Bu biz tomondan ko‘rsatilgan juda ham yaxshi o‘yin edi. Bugun shuni tushunib yetdimki, ko‘plab ishqibozlar bilan bahs yanada quvnoq o‘tadi. Ikki golda qanday turli xil himoyalanishimiz kerakligi haqida gaplashdik".

«Bavariya» sobiq hujumchisi Mario Gomes Levandovski haqida: "U boshqa sport bilan shug‘ullanmoqda. U boshqa ligada. Uning ixtiyorida yana bir necha yil bor va Levandovski ularni (Messi va Ronaldu) quvib o‘tishi mumkin".

«Bavariya» ustozi Yulian Nagelsmann Leroy Sane haqida: "U juda ajoyib formada deb o‘ylayman. Unda ko‘plab zo‘r imkoniyatlar bo‘ldi. Ikkinsi bo‘limda uch nafar futbolchini aldab o‘tgani ishonib bo‘lmas darajada yaxshi edi. Shunday ekan, ishqibozlar juda ko‘plab vaziyatlardan rohatlangan bo‘lishardi".

«Benfika» bosh murabbiyi Xorxe Jezus: "Bugungi o‘yindan yaxshi narsalarni qoldirdik. O‘yinchilarimiz kutilganidek yaxshi harakat qilishmagan bo‘lishsada, o‘zlarini yaxshi tutishdi. Bu og‘ir natija demagan bo‘lardim. «Bavariya» o‘z darajasini ko‘rsatdi, ammo bu oson emas.

Ular deyarli har doim to‘rt yoki beshta gol urishadi. Bu yerdan qoniqmagan holda ketyapmiz, biroq, bu yerda ikkita gol urish normal holat emas. O‘z strategiyamiz uchun yaxshi narsalarni qoldirib ketyapmiz".

Manba: uefa.com
Kiritildi: 10:12, 03.11.2021.
O'qildi: 2277 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.