Kecha UYEFA Chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi «Atalanta» — «Manchester Yunayted» bahsi bo‘lib o‘tdi (2:2). Uchrashuvning birinchi taymi o‘rtalarida mankunianliklar himoyachisi Rafael Varan jarohat olib maydonni erta tark etdi. L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, fransuz futbolchisi 3 yoki 4 haftaga safdan chiqqan.
Katta ehtimol bilan Rafael noyabr oyi oxiridagi «Arsenal»ga qarshi bahsgacha maydonga qaytishi mumkin.