Kirish Ro'yxatdan o'tish

YECHL. «Milan» o‘z maydonida «Portu» bilan durang o‘ynadi

YECHL. «Milan» o‘z maydonida «Portu» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

UYEFA Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi «Milan» — «Portu» bahsi yakunlandi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda tomonlar murosa yo‘lini tanlashdi. O‘yindagi hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Uchrashuvning 6 daqiqasida Luis Dias milanliklar darvozasini ishg‘ol qildi — 0:1.

O‘yinning birinchi bo‘limi shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi taym teng kurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa darvozasi oldida keskin vaziyatlar bo‘lib turdi. 61 daqiqaga kelib hisob tenglashdi. Portugaliya klubi futbolchisi Mbembe o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi — 1:1.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham ketma-ket kurashlar ostida kechdi. Biroq, gol urish har ikki jamoaga ham nasib qilmadi.

«Milan» — «Portu» - 1:1

Gollar: 0:1 – 6 Dias, 1:1 – 61, avtogol Mbemba.

Milan – Teterushanu, Kalabriya (Kalulu, 46), Romanyoli, Tomori, Ernandes, Bennaser, Salemakers, Tonali (Kessie, 68), Jiru (Ibragimovich, 76), Rafael Leau, Braim Dias (Krunich, 68).

Portu – Diogu Koshta, Pepe, Mbemba, Sanusi, Otavio, Serjiu Oliveyra (Vitinya, 70), Gruyich, Joau Mariu, Taremi, Evanilson (Fransishku Konseysau, 79), Dias (Brunu Koshta, 79).

Ogohlantirishlar: Gruyich (49), Tomori (55), Mbemba (65), Vitinya (73).


Kiritildi: 00:54, 04.11.2021.
O'qildi: 1683 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик