Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

OFK Kubogi-2021 finaloldi matbuot anjumani: Ro‘ziqul Berdiyev fikrlari

OFK Kubogi-2021 finaloldi matbuot anjumani: Ro‘ziqul Berdiyev fikrlari

Baho:
+1 | -
Bo'lim: OSIYO / OFK kubogi / Final
Rukn: Yangiliklar

OFK Kubogi-2021 final uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Nasaf” jamoasi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa yetakchilaridan biri Umar Eshmurodov ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev:
- Ertaga bizni final kutyapti. Ikkala jamoa ham finalga osonlikcha yetib kelmadi. Shu sababli ikkala jamoa ham borini berib maydonda harakat qiladi.
Raqib jamoani yaxshi o‘rgandik. Raqib – juda shakllangan jamoa. Tarkibida mahoratli futbolchilari ko‘p. Ancha tartibli o‘ynaydi. Yigitlarga raqib to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishga harakat qildik.
Balki issiq ob-havo biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, lekin bu bahona bo‘la olmaydi. Qanday qiyinchilik bo‘lsa-da biz final uchrashuvida juda yaxshi o‘ynagan holda asosiy maqsadimizga yetishga harakat qilamiz.
Final – bitta o‘yindan iborat. To‘g‘ri, musobaqa to‘purari, assistlar yetakchilari, ko‘p gol urilganligi kabi raqamlar va statistikalar biz tarafimizdadir. Lekin oldingi o‘yinlar natijalarini unutgan holda bor e’tiborni oldindagi hal qiluvchi bahsga qaratamiz.

Umar Eshmurodov:
Ertaga muxlislarimizni, xalqimizni chiroyli g‘alaba bilan xursand qilish uchun maydonga tushamiz va borimizni beramiz.


Eslatib o‘tamiz, "Al Muharraq" – "Nasaf" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Manba: Nasaf klubi matbuot xizmati
Kiritildi: 20:58, 04.11.2021.
O'qildi: 7132 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик