Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Mirjalol Qosimov: «Anchadan buyon bu kabi "kambek"ni amalga oshirmagandik»

Mirjalol Qosimov: «Anchadan buyon bu kabi "kambek"ni amalga oshirmagandik»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 24-turi doirasida "Andijon"ga qarshi o‘yin (3:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Joriy mavsum anchadan buyon bu kabi "kambek"ni amalga oshirmagandik. Masalan, 0:2 yutqazib turib yakunda g‘alabaga erishgan o‘yinimiz bo‘lmagandi. Yarim soat ichida 3 ta gol urish – bu yigitlarning mehnati.

Mavsum oxirida bu kabi og‘ir o‘yinlar ko‘p bo‘ladi. Chunki, hisob-kitob vaqti, har bir jamoaga ochko juda kerak. "Andijon" ikkinchi raqam ostida o‘ynab, qarshi hujumda vaziyatlardan unumli foydalanishga urinishini bilgandik. Standart vaziyatlar, burchak to‘pi va boshqa vaziyatlardan imkoniyat yuzaga keltirishga urinishlarini kutgandik.

Bizga shijoat yetishmadi. Kiyinish xonasida yigitlarga shu bajarayotgan ishlaringga ozgina shijoat va xohish qo‘shinglar, hammasi yaxshi bo‘ladi, deb aytdim.

Birinchi bo‘limda Kasyanda imkoniyat bo‘lgandi, biroq u darvozani ishg‘ol qila olmadi. Bo‘lim davomida to‘p ustunga tekkan holat ham xavfli chiqdi.

Hozirda milliy terma jamoamiz yig‘ini tufayli ozroq dam olamiz. Keyin yana ishga kirishamiz va navbatdagi tur o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman.

Shogirdlarimning qaysi biri gol ursa ham farqi yo‘q, birdek xursand bo‘lamiz. Jamoaviy o‘yinda hamma bir-birini to‘ldiradi. Har bir futbolchi jamoa g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shishi kerak",  dedi Qosimov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 22:50, 04.11.2021.
O'qildi: 1918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик