Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

La Liga. "Selta" uchta to‘p farqini yo‘qqa chiqarib "Barselona" bilan durang o‘ynadi

La Liga. "Selta" uchta to‘p farqini yo‘qqa chiqarib "Barselona" bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Turning qiziqarli bahslaridan biri Vigo shahridagi "Balaydos" stadionida kechdi. Unda mezbonlar "Selta" Kataloniyadan tashrif buyurgan "Barselona"ni qabul qildi va 3:3 hisobida durang natijaga erishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limda "ko‘k-anorranglilar" Ansu Fati, Buskets va Depayning kiritgan gollari evaziga uchta to‘p farqi bilan tanaffusga yo‘l olgan edi. Ammo ikkinchi bo‘limda mezbonlar "kambek" amalga oshirdi va 3:0 hisobini 3:3 ko‘rinishiga keltirishdi.

Ushbu durangdan so‘ng, "Barselona" jadvalda 17 ochko bilan 9-o‘ringa joylashgan. "Selta" esa 12 ochko bilan 14-pog‘onada.

Ispaniya La Ligasi, 13-tur

"Selta" – "Barselona" - 3:3 (0:3,3:0)

Gollar: Fati, 5 (0:1). Buskets, 18 (0:2). Depay, 34 (0:3). Aspas, 52 (1:3). Nolito, 74 (2:3). Aspas, 90+6 (3:3).

Selta – Dituro, Galan, Murilyo, Aydu, Malyo, Tapia, Solari, Suares, Nolito, Aspas, Galyardo.

Barselona – Ter Shtegen, Mingesa, Langle, Garsiya, Alba, Gavi, Buskets, Niko, Fati, Depay, De Yong.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:30, 06.11.2021.
O'qildi: 4347 marta.
Fikrlar: 167 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик