Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Roberto Martines: «Azar futboldan zavqlanishni to‘xtatib qo‘yishidan qo‘rqaman»

Roberto Martines: «Azar futboldan zavqlanishni to‘xtatib qo‘yishidan qo‘rqaman»

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines so‘nggi paytlarda «Real»da deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan hujumchi Eden Azar uchta o‘yinda 12 daqiqa maydonga tushgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz Azar bilan bunday vaziyat bo‘lishini kutmagan edik. Tibbiyot nuqtai nazaridan Eden yaxshi holatda. U formada bo‘lish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazadi va yuqori saviyaga qaytishga harakat qiladi. Lekin Azar futboldan zavqlanishni to‘xtatib qo‘yishidan qo‘rqaman», - deya Martines so‘zlarini keltirdi Mundo Deportivo.

Madridning «Real» klubi Azarni 2019 yilning yozida «Chelsi»dan 115 million yevroga sotib olgandi.

Joriy mavsumda 30 yoshli hujumchi qirollik klubi safida 11 o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 18:30, 08.11.2021.
O'qildi: 2138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик