Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Paxtakor» SSSR Kubogi finalida o‘ynaganiga 53 yil to‘ldi

«Paxtakor» SSSR Kubogi finalida o‘ynaganiga 53 yil to‘ldi

Baho:
+ | -

1968 yil "Paxtakor"ning Yevropa Kubok egalari Kubogida ishtirok etishiga bir qadamgina yetmay qolgan.

Yevgeniy Yeliseev qo‘l ostida o‘ynagan jamoamiz kubok bahslarini juda yaxshi o‘tkazgan. Dastlabki bosqichda Batumida "Dinamo" bilan to‘qnash kelgan "Paxtakor" mezbonlarni 2:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Gennadiy Krasniskiyning ikki goli g‘alabani ta’minlaydi. Nimchorak finalni jamoamiz Toshkentda o‘tkazdi. "Sokol" darvozasi oldida butun o‘yin hujum uyushtirib, Jilenkoning yagona goli evaziga g‘alaba qozonildi.

Oldinda esa "Zarya"ga qarshi safardagi chorak final bellashuvi kutardi. Murosasiz kechgan o‘yinda mezbonlardan Pinchukning goliga jamoamizdan Birodar Abduraimov va To‘lagan Isoqov javob beradi. Yarim final muxlislar bilan to‘lgan "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan. Doneskning "Shaxtyor" jamoasi bilan to‘qnashuvda ajoyib futbol ko‘rsatgan jamoamiz Birodar Abduraimovning dubli va Bahodir Ibrohimovning goli yordamida kuchli raqib ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan. Final 8 noyabr kuni Moskvadagi Lenin nomli stadionda Moskvaning "Torpedo" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan. Keskin kechgan bellashuv taqdirini birgina gol hal qilgan. Afsonaviy Strelsovning uzatmasidan so‘ng Savchenko to‘pni darvozaga yo‘llab, moskvaliklarga yutuq keltiradi. Shu tariqa "Paxtakor" finalda imkoniyatni boy beradi.

1/16 final
"Dinamo" Batumi - "Paxtakor" 0:2
Gollar: Krasniskiy 2ta.

Nimchorak final
"Paxtakor" - "Sokol" 1:0
Gol: Jilenko 73.

Chorak final
"Zarya" - "Paxtakor" 1:2
Gollar: Pinchuk - Abduraimov, Isoqov.

Yarim final
"Paxtakor" - "Shaxtyor" Donesk 3:1
Gollar: Abduraimov 2ta, Ibrohimov - Gubich.

Final
"Torpedo" Moskva - "Paxtakor" 1:0
Gol: Savchenko 52.
"Paxtakor": Lyubarsev, Dosenko, Shtern, Naumenko, Inoyatov, Rahmatullayev, Varyuxin, Bektoshev (Isoqov, 74),  Abduraimov,  Krasniskiy,  Ibrohimov.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:37, 09.11.2021.
O'qildi: 2652 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.