“Reynjers” bosh murabbiyi Stiven Jerrard shu hafta ohirida “Aston Villa” jamoasi bosh murabbiyi deb e’lon qilinadi, deya xabar beradi "The Economist" jurnalisti Hamisha Azula Twitter sahifasida.
"Stiven Jerrard shu hafta "Aston Villa" direktorining taklifini qabul qilishga tayyor. Klub “Reynjers” bilan tovon pulini to‘lash borasida kelishib olishga yaqin turibdi. U juma kunigacha yangi lavozimida ishga kirishishi kerak", - deb yozgan Azula sahifasida.
Jurnalist shuningdek, Jerrard ingliz klubi tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylanishini, lekin ish joyini o‘zgartirishida moliyaviy taklif muhim bo‘lmaganligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, “Aston Villa” rahbariyati 7 noyabr kuni Din Smitni bosh murabbiy lavozimidan ozod qildi.