Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bobur Akmalov: «O‘zbekiston hech qachon Osiyo grandlari kabi o‘ynamagan!»

Bobur Akmalov: «O‘zbekiston hech qachon Osiyo grandlari kabi o‘ynamagan!»

Baho:
+ | -

JCH-2022 saralashi doirasidagi Avstraliya - Saudiya Arabistoni o‘yinini sharhlar ekanman, bir savol yalt etib o‘tdi miyamdan: biznikilar shunaqa o‘ynaganmi hech? Bir paytlar Qosimov, Maqsudov, Lebedev, Shirshov kabilarda shunaqa vajohat bormidi? Ular shunaqa kurashuvchan bo‘lganlarmi? Bugungilar orasida Eldor bekorga Italiyada, Ibrohimxalil bekorga Rossiyada yurmagandir? Jalol Osiyoning eng yaxshilaridan biri ekani bekormasdir?

Afsuski, jamoa sifatida bir yaxlit bo‘lib, tajovuzkor, kerak joyida ayyor, kerak joyida jamoadoshimiz uchun turib berib, lozim topilsa raqibga tashlanib, yaxlit, bir butun mexanizm bo‘lib o‘ynaganimizni eslolmadim. Ehtimol, siz Qatar-2011, Xirosima-1994 va boshqa musobaqalarni eslatarsiz? Balki Bob Xafton, Ubiraja Vega da Silva, Yurgen Gyode, Mahmud Rahimov, Rauf Inileev va boshqa murabbiylar qo‘l ostidagi ayrim o‘yinlarni eslarsiz? Alalxusus, xotirangizda Bahrayn, BAA yoki Yaponiyaga qarshi o‘ynagan zo‘r o‘yinlarimiz bordir?

Men hammasiga qo‘shilaman, hammasidan xabarim bor, e’tirozlaringiz bo‘lsa, unga ham qo‘shilaveraman, ammo...

Hech qachon (!!!) OFK grandlari bo‘lmish Saudiya, Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi o‘y-na-ma-gan-miz! Ha, zo‘r o‘ynaganmiz, ammo yuqoridagilar kabi doimiy ravishda bir oila, yakdil hamfikr, hammaslak, do‘st, birodar bo‘lib, bir-biriga turib berib, birga razvedkaga boradigan bo‘lib o‘ynamaganmiz. Hech qachon!

Milliy jamoamiz tarkibida doim zo‘rlar bo‘lgan, ammo oila bo‘lmagan. Mikrofon qarshisida gapiriladigan yasama gaplarga esa ishonmayman. Mayli, ular hayotda do‘st bo‘lmasin, oilaviy bordi-keldi qilmasin, buni hech kim so‘ramayapti va buning keragi ham yo‘q. Sheva va Rebrov bir-biri bilan gaplashmagan hatto (masalan-da), lekin bu ularga Kiyevda ham, milliy jamoada ham supertandem bo‘lishiga to‘sqinlik qilmagan. Qisqasi, bir maqsad uchun, bir-birini yoqtirmasa ham, jang qilish kerak. Maydon tashqarisida nima qilsang qil-u, maydon ichida bir safdagi bir maqsadga intiluvchan JAMOA bo‘l. Iloji yo‘qmi?

Unda bilmadim. JCHga chiqishdan oldin birdam bo‘lishni o‘rganvolaylik, xo‘pmi?!

Bobur Akmalov.

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 17:58, 11.11.2021.
O'qildi: 8418 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик