Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

“Real” kiperiga Yevropaning 3 ta jamoasi qiziqmoqda

“Real” kiperiga Yevropaning 3 ta jamoasi qiziqmoqda

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubida zaxira posboni Andrey Lunin kelasi transfer mavsumida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Euro Football” nashri xabar bermoqda. Xabarlarga ko‘ra, ukrainalik kiper klubdagi jamoadoshi Tibo Kurtua sabab ortiq zaxirada qolmoqchi emas. U ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega chiqish uchun boshqa jamoaga o‘tishini madriliklar rahbariyatiga aytgan.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli darvozabonga bir vaqtning o‘zida Yevropaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda. Andreyni Ispaniyaning “Espanyol” va “Granada” klublari, shuningdek, Fransiyaning “Lill” jamoasi ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Avvalroq Luninning Dortmundning “Borussiya” klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Transfermarkt portali ukrainalikning narxini 3 million yevroga baholagan. Andreyning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 20:19, 18.11.2021.
O'qildi: 3305 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.