Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov yurtimizda Olimpizm va sport targ‘iboti masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashdi

Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov yurtimizda Olimpizm va sport targ‘iboti masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha MOQda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vise-prezidenti Otabek Umarov ishtirokida yurtimizda Olimpizm harakati va sport targ‘iboti bo‘yicha olib borilayotgan ishlar mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalarining mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda MOQ Bosh kotibi, «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o‘yinlari direksiyasi direktori Oybek Kasimov 21 noyabr kuni BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan OOKning navbatdagi Bosh Assambleyasi uchun tayyorlangan taqdimotni namoyish etdi. Ta’kidlash joiz, Bosh Assambleyada delegasiyamiz qit’adoshlarimizni ushbu taqdimot bilan tanishtiradi.

Ayni paytda Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan bo‘lajak musobaqaga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Taqdimot haqida ma’lumot bergan Oybek Kasimov musobaqaga qurilayotgan ob’ektlar, uning tarkibiga kiradigan sport turlari, transport va boshqa yo‘nalishlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, yig‘ilishda MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov terma jamoalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik strategiyasi haqida ma’lumot berdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, ishtirokchilar kelasi yil yanvar oyida O‘zbekiston MOQning 30 yilligini keng nishonlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi. Tadbir davomida mamlakatimiz sporti taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish kabi shu va boshqa mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 06:00, 19.11.2021.
O'qildi: 1658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.