Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Prevyu. “Andijon” – “Navbahor”

Prevyu. “Andijon” – “Navbahor”

Baho:
+ | -

Sosa Sola Superliga 25-turi doirasida "Navbahor" safarda “Andijon” klubi mehmoni bo‘ladi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 51 marta ro‘baro‘ kelishgan. O‘tkazilgan bahslarning 25 tasida jamoamiz yutuqqa erishgan bo‘lsa, 15 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 11 ta o‘yinda esa andijonliklar zafar quchishgan. To‘plar nisbati – 73-48, “Navbahor” foydasiga.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda namanganliklarning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 5:0 bo‘lib, “lochinlar” 2004 yilgi mavsumda o‘z maydonlarida shu hisobda zafar quchishgan. Andijonliklarning esa “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabalari 4:0 va 5:1 bo‘lib, “Andijon” 2001 hamda 2010 yillarda shunday hisoblarda yutuqqa erishgan.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 90 ochkoni, andijonliklar esa 48 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Andijonda bo‘lib o‘tgan 25 ta bahsning 10 tasida mezbonlar zafar quchishgan bo‘lsa, 7 ta o‘yinda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 8 ta uchrashuvda esa durang hisobi qayd etilgan.

“Burgutlar” o‘z maydonlarida o‘tkazilgan bahslarda namanganliklar darvozasiga 34 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 21 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, “Andijon” Superligaga qaytgan so‘nggi 2 yildan buyon “lochinlar” Andijondan ochko bilan qaytishmoqda. 2019 yili "Navbahor" 1:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda nursiz durang (0:0) qayd etilgandi. 

Andijonda o‘tkazilgan barcha uchrashuvlar:

1992 yil

“Navro‘z” - “Navbahor” – 1:1

1993 yil

“Navro‘z” - “Navbahor” – 0:0

1994 yil

“Navro‘z” - “Navbahor” – 0:1

1995 yil

“Navro‘z” - “Navbahor” – 0:2

1996 yil

“Navro‘z” - “Navbahor” – 1:1

1997 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 2:0

1998 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 1:2

1999 yil

“Andijon” -  “Navbahor” – 1:1

2000 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 4:2

2001 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 4:0

2002  yil

“Andijon” - “Navbahor” – 2:0

2003 yil

“Andijon”  - “Navbahor” – 0:1

2004 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 0:1

2006 yil

“Andijon” - “Navbahor” –  2:1

 2007 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 3:1

2008 yil

“Navbahor” – “Andijon” – 0:0

2009 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 0:0

 2010 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 5:1

 2011 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 0:0

2012 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 0:1

 2014 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 3:1

 2015 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 3:2

 2016 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 1:0

2019 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 0:1

2020 yil

“Andijon” - “Navbahor” – 0:0.

Joriy mavsumning birinchi davrasida Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda andijonliklar uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Usmonali Ismonaliyev tomonidan urilgan gol evaziga 1:0 hisobida zafar quchishgandi.       

Eslatib o‘tamiz, Coca Cola Superliganing 25-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Navbahor” bahsi 21 noyabr kuni Andijon shahridagi “Bobur - arena” stadionida soat 14:00 da start oladi.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:43, 19.11.2021.
O'qildi: 1800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.