Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

Yaqin kelajakda «Nyukasl» tarkibi qanday ko‘rinish oladi?

Yaqin kelajakda «Nyukasl» tarkibi qanday ko‘rinish oladi?

Baho:
+ | -

«Nyukasl» jamoasi yaqindagina 300 million funt evaziga Saudiya Arabistoni jamoat fondi tomonidan sotib olingan edi. Ushbu xariddan keyin jamoa Angliya va dunyoning eng boy yuridik ob’ektiga aylandi. Bugungi kunda klub boshqaruviga kelgan Jamoat Sarmoya Fondi (PIF) 320 milliard funt mablag‘ga egalik qilmoqda. Bunday katta qudrat orqali klub istalgan futbolchisini sotib olishi mumkin. Sportga oid nashrlar «Nyukasl» sotib olingandan buyon tinmay klubning transferlar oynasidagi maqsadlari haqida yozmoqda. Xo‘sh, agarda haqiqatdan ham rahbariyat o‘zi istagan futbolchilar xaridini amalga oshirsa, tarkib qanday ko‘rinishga keladi? Bu haqda quyida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

«Nyukasl» qishki transferlar oynasidayoq jiddiy harakatni boshlashi lozim. Aks holda, kelasi mavsum boshida o‘zi istagan futbolchilarni Chempionshipda o‘ynatishiga to‘g‘ri keladi. Bunday deyishimizga yetarli sabablar bor. Negaki, «qarg‘alar» APLda hozirgacha 11ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, hali birorta ham g‘alabaga erisha olmadi. Jamoa turnir jadvalida 5 ochko bilan 19 o‘rinni band etgan. Ko‘rinib turibdiki, tarkibda jiddiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish lozim. Bu harakatlarning debochasi sifatida iste’foga chiqarilgan Stiv Bryus o‘rniga, yangi va yosh murabbiy Eddi Xau olib kelindi. «Nyukasl» klubining maslahatlar kengashi rahbari Amanda Stevli qishki xaridlarga to‘xtalib o‘tdi. U bu haqida shunday fikrlar bildiradi:

«Biz kelayotgan transferlar oynasida katta mablag‘ sarflamoqchimiz. Biroq bu ishni APL belgilab bergan chegara asnosida, qonun doirasida amalga oshiramiz. Bunda Moliyaviy Feyr Pley qoidalari bilan ham hisoblashishga majburmiz. Hamma bilib turibdi, vaziyatimiz og‘ir. Buni o‘z o‘rniga keltirish uchun esa, imkon boricha tarkib uchun sarmoya kiritishga tayyormiz. Shunga qaramay, biz faqat futbolchilar transferigagina pul sarflash niyatida emasmiz. Biz klub doirasidagi barcha narsalarga e’tibor berishni istaymiz. Ularni ham yangilash uchun sarmoya ajratamiz. Ha, bunda chegaraga amal qilinadi. Avval aytib o‘tganimday, hamma iqtisodiy harakatlarimiz APL belgilagan qoidalar asnosida bo‘ladi. Biz chegaradan chiqmaymiz».

Klubning moliyaviy qudrati oshgani munosabati bilan, rahbariyat tarkibni raqobatbardosh va kelajakda titullar uchun kurashuvchan qilish maqsadida dunyoning eng yaxshi futbolchilarini jalb etishi lozim. Bunda siz, agar klub barcha o‘ylagan rejalarini amalga oshira olsa, «Sent-Jeyms Park» o‘yingohida kimlarni ko‘rishingiz mumkinligini bilib olasiz.
1. «Barselona» posboni Mark-Andre ter Shtegen, xabarlarga ko‘ra, klubning postiga birinchi raqamli o‘yinchi bo‘lishga asosiy nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Nemis darvozaboni uchun «Nyukasl» 47 million funt taklif qilmoqda. 2. Himoyaga «Atletiko Madrid» futbolchisi Kiran Trippyer keltirilishi ko‘zda tutilgan. O‘ng qanot mudofaasi unga topshirilisa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3. Yana bir himoyachi Natan Ake «Manchester Siti»dan olib kelinishi lozim. U bu yerda sobiq ustozi Eddi Xauga yordam beradi. Ular yaqin o‘tmishda «Bormunt»da birga ishlagan edi. 4. Markaziy himoyada «Bavariya» vakili Niklas Zyule varianti qo‘llanilgan. 5. Zyulega juft sifatida esa, «Inter» futbolchisi Stefan De Vrey nomi keltirilgan.

Yarim himoyaga o‘tamiz. 6. Bunda «Real»ning eng ishongan futbolchisi Toni Kroosning tashrifi kutiladi. Sobiq Jahon chempioni APLga ilk marta kelishi tasavvurga sig‘mas darajada bo‘lishi mumkin. 7. Maydon markazi uchun yana bir o‘ylanayotgan nomzod bu Aaron Remzidir. «Yuventus» ketishini istayotgan futbolchi Yangi yildan keyinroq «qarg‘alar» safiga keltirilishi belgilangan. 8. Keyingi o‘rinda, so‘nggi paytlarda barchaning og‘zidan tushmay qolgan, Angliyaga kelib, omadini topa olmayotgan futbolchi – Donni van de Bek turibdi. «MYU» futbolchisi doimiy o‘yin amaliyoti istayotgan edi. «Nyukasl» esa unga shunday imkoniyatni taqdim etadi. 9. Hujumning chap tarafida yana bir omadsiz, ammo iste’dodli «Barsa» futbolchisi Kautinyo bo‘lishi belgilangan.Uni qishki transferlar oynasida ijara asosida olish, unchalik ham katta muammo bo‘lmaydi. 10. Qarama-qarshi qanot esa Toni Kroosning «Real»dagi jamoadoshi Eden Azarga topshiriladi. «Nyukasl» yana bir omadsiz futbolchiga Angliyada qaytadan porlash imkoniyatini taqdim etishdan xursand bo‘lsa kerak. 11.Hujum markazi «Arsenal» straykeri Aleksandr Lyakazett bilan to‘ldiriladi. Fransuz hujumchisi Londonda so‘nggi yilini o‘tkazmoqda. Unga yaxshi maosh taklif etilsa, «Nyukasl» uchun o‘ynashga rozi bo‘lishi tayin. Qolaversa, Lyakazett uchun «Arsenal»dan farqli ravishda, bu yerda doimiy asosiy tarkib o‘rni kafolatlanadi.

Mana do‘stlar, «Nyukasl»ning ehtimoliy yangi jamoasi bilan tanishib chiqdik. Ushbu xaridlar kelayotgan qishda, qolgani esa, yozgi transferlar oynasida amalga oshirilishi mumkin. Agar klub ushbu xaridlarni amalga oshirsa, APLda yettinchi top jamoa paydo bo‘ldi deyavering. Bu esa faqat muxlislarning foydasiga xizmat qiladi.

 

 


Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:25, 20.11.2021.
O'qildi: 5882 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.