Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ehtiyotkor debyut, kombinasion o‘yin va 17 yoshli iqtidor yoxud “Barsa” qanday g‘alaba qozondi?

Ehtiyotkor debyut, kombinasion o‘yin va 17 yoshli iqtidor yoxud “Barsa” qanday g‘alaba qozondi?

Baho:
+ | -

Xavi “Barselona” bosh murabbiyi sifatida debyutini o‘tkazdi - Kataloniya derbisidagi“Espanyol”ga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) 3 ochko qo‘lga kiritildi. Shu tariqa klub La Ligadagi to‘rt o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga barham berdi va oltinchi o‘ringa ko‘tarilib, Yevropa musobaqalariga yo‘llanma beruvchi o‘rinlarga qaytdi. Hozircha bu faqat Konferensiyalar ligasi uchun yo‘llanma beradi.

 

Albatta, hamma natijadan ko‘ra, afsona boshchiligida “Barsa” nima ko‘rsatishini kutayotgandi. Hech kimning hafsalasi pir bo‘lmasa kerak: jamoa to‘pni ishonchli nazorat qildi, gohida “Espanyol”ni jarima maydonchasi ichidan chiqarmay qo‘ydi, gohida uzoqdan zarbalar bo‘ldi - jamoa xuddi Messi, Inyesta va Xavi davridagi kabi to‘p tepdi, chamamizda.

 

Shundan kutilgan statistika: to‘pga egalik qilishda 65% dan 35% gacha, zarbalar bo‘yicha 16:7 va aniq yo‘naltirilgan zarbalar 6:2, aniq paslar ikki baravar ko‘p - 663 ga 344. “Barselona” qaysi yo‘ldan borishi aniq.

 

Garchi yagona gol penaltidan urilgan bo‘lsa ham (Memfis Depay golga aylantirgan), penalti “Espanyol” himoyasini kesib o‘tgan Gavining pasi va nafis yakuniy uzatmasi bilan tezkor kombinasiyadan so‘ng amalga oshirilganini ta’kidlash kerak.

 

Xavi yoshlarga ishonishda davom etdi - kimdir startdayoq o‘rinni band qilgan, kimdir faqat baza uchun kurashmoqda. Ular Mingesa, Garsiya, Niko, Gavi va asosiy syurpriz Ilyas Axomashni o‘ynatdi. U o‘ng qanot hujumida joylashgan edi. Aftidan, Xavi uni 6 noyabr kuni yoshlar jamoasining “Sevilya”ga qarshi o‘yinini tomosha qilgan va undagi iqtidorni payqagan edi. O‘sha bahsda Axomash dubl qayd etgan.

 

Albatta, hali qilinadigan ishlar ko‘p – himoyada hali yetarlicha kamchiliklar bor, hujumda esa hali o‘zaro tushunishni yaxshilash kerak, so‘nggi 20 daqiqada “Barsa” ko‘zga tashlanmaydigan o‘yin ko‘rsatdi: ular ko‘proq hisobni saqlab qolishga harakat qilishdi. Himoya yomon pozision tuzilishga ega o‘yin ko‘rsatdi. “Espanyol” hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo...

 

Xavi o‘yindan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: “Xursandman. O‘yin davomida qiynaldik, ammo hozirda oson g‘alabaning o‘zi yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. O‘sishda davom etishimiz kerak. Fanatlarning qizg‘in qo‘llab-quvvatlashi bizga kuch berdi va jamoa bor kuchini sarfladi.

Biz yaxshiroq o‘ynaymiz, yaxshi hujum tashkil qilamiz. Bugun esa muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Birinchi bo‘limda vaqti-vaqti bilan yaxshi harakat qildik, ammo ochiq hududlar paydo bo‘lganida qanday harakat qilishni har doim ham bilmadik. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Ishni g‘alaba bilan boshlaganingda, uyog‘i osonroq ketadi”.

 

BarselonaEspanyol 1:0 (0:0)
Gol: Depay 48 (penalti)

Barselona: ter Shtegen, Mingesa (Ronald Arauxo 88), Pike, Garsiya, Alba, Gonsales (Demir 88), Buskets (Puch 78), de Yong, Axomach Chakkur, Depay, Gavi (Koutinyo 70)
Bosh murabbiy: Xavi.

Espanyol: Lopes, Vidal, Gomes, Kabrera Sasia, Pedrosa, Lopes (Morlanes 56), Embarba (Vu 78), Errera (Dimata 78), Darder (Moron Garsiya 90+5), Xavi Puado (Melamed 56), de Tomas
Bosh murabbiy: Moreno Visente.

Ogohlantirishlar: A. Ezzalzouli 59, Pedrosa 59, Mingesa 64, de Yong 83, ter Shtegen 90, Kabrera Sasia 90+3

Hakam: Del Serro Grande Karlos.

 

Kiritildi: 12:15, 21.11.2021.
O'qildi: 6763 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.