Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

O‘FAda “Enda Tour” kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FAda “Enda Tour” kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov va Enda Tour kompaniyasi vakili Abduhamid Hamidov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoalar hamda klublar uchun o‘quv yig‘inlar va o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizning oldida turgan nufuzli musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rish lozimligi, bu borada yetakchi jamoalar bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish muhim ekanligi ta’kidlandi. Mamlakatimiz va xorijda musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish masalasida fikr almashildi.

“Enda Tour”ning ko‘plab terma jamoalar va yetakchi klublar bilan hamkorlik qilishi, turnirlar masalasida yetarlicha tajribaga ega kompaniya ekanligi qayd etilib, o‘zining doimiy hamkor davlatlaridagi jamoalarga mahalliy murabbiy va mutaxassislarimizni jalb etish, o‘quv-almashinuv dasturlarini tatbiq etish masalasida suhbatlashildi.

Mazkur hamkorlikdan, shuningdek, o‘zbekistonlik hakamlarning xalqaro maydonlarda tajribasini yanada oshirishlari uchun xorijiy chempionat va musobaqalarda ishlashlarini tashkil etishga ko‘maklashish masalasi ham joy olishi ko‘zda tutilmoqda.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 00:52, 24.11.2021.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.