Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Prevyu. “Navbahor” - “Qo‘qon-1912”

Prevyu. “Navbahor” - “Qo‘qon-1912”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasining 26-turidan o‘rin olgan bahsda jamoamiz o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” klubini qabul qiladi.

Milliy chempionatlarimiz tarixida ushbu jamoalar shu kungacha  jami 31 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelishgan.

Ustunlik “Navbahor” tomonida – 17 ta g‘alaba. Qo‘qonliklar 7 ta o‘yinda zafar quchishgan bo‘lsa, 7 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.    

To‘plar nisbatidagi ustunlik  “lochinlar” tomonida: 58-33.

Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 58,  qo‘qonliklar esa esa 28 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu klublar o‘rtasidagi bahslarda eng yirik hisob 2 marta qayd etilgan. “Navbahor” 2003 va 2016 yillar mavsumining Namanganda o‘tkazilgan o‘yinlarida “Qo‘qon - 1912”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Mazkur jamoalarning shu kungacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 15 ta bahsidan 12 tasida mezbonlar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa (2 ta o‘yin ma’lum sabablarga ko‘ra, Toshkentda o‘tkazilgan va unda “Navbahor” nominal mezbon bo‘lgan), 1 ta o‘yinda qo‘qonliklar zafar quchishgan, 5 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik “Navbahor” tarafida – 37:15.

Ta’kidlash joizki, “Qo‘qon - 1912” “lochinlar”ni mehmon sifatida mag‘lubiyatga uchratgan o‘yin 2020 yili COVID – 2019 pandemiyasi bois, Coca Cola Superliga bahslarining 10-13-turlari poytaxtimizda o‘tkazilgan paytda, Toshkentdagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan hamda unda qo‘qonliklar  tajribali himoyachi Murod Xolmuhammedovning uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtida penaltidan urgan goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchishgandi. 

Fakt: “Qo‘qon-1912” Namangandagi “Markaziy” stadionida hali “Navbahor” ustidan g‘alaba qozona olmagan. 

Ushbu klublarning 1-davrada Yaypandagi “O‘zbekiston” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida (o‘sha o‘yinda qo‘qonliklar nominal mezbon sifatida maydonga tushishgandi) “lochinlar” Azimjon Ahmedov va Sardor Telyakovning gollari evaziga 2:1 hisobida zafar quchishgandi.           

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda qayd etilgan barcha natijalar:

1992 yil  
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” – 2:0

“Temiryo‘lchi” – “Navbahor” – 1:0
1993 yil
“Temiryo‘lchi” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” – 2:1

1994 yil
“Temiryo‘lchi” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” - 1:0

1995 yil
“Temiryo‘lchi” – “Navbahor” – 0:2
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” - 4:1

1998 yil
“Temiryo‘lchi” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” -  4:2

1999 yil
“Temiryo‘lchi” – “Navbahor” – 3:2
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” – 2:1

2000 yil
“Temiryo‘lchi” – “Navbahor” – 1:4
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” – 5:4

2002 yil
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 2:0

“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor” –  1:0 
2003 yil
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 5:1

“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor”  –  1:2
2015 yil
“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor” –  0:1
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 2:1

2016 yil
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 5:1

“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor” – 1:1
2017 yil
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 1:1.

“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor”  – 2:0

2018 yil

“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor”  - 1:0
“Navbahor” – “Qo‘qon - 1912” – 3:0

2019 yil

“Navbahor” – “Qo‘qon - 1912” – 1:1

“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor” – 1:1

2020 yil

“Navbahor” – “Qo‘qon - 1912” – 0:1

“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor” – 1:1

2021 yil

“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor” – 1:2.

Eslatib o‘tamiz, Coca Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Qo‘qon - 1912” uchrashuvi  27 noyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 15:00da start oladi.  

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:36, 24.11.2021.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.