Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«France Football» bosh muharriri Ronalduning asosiy maqsadi nima ekanini aytdi

«France Football» bosh muharriri Ronalduning asosiy maqsadi nima ekanini aytdi

Baho:
+ | -

«France Football» bosh muharriri Paskal Ferre zamonamiz yulduzlari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi raqobat borasida to‘xtalib o‘tdi.

«Ehtimol, Messi va Ronaldu o‘rtasidagi raqobat shundan iboratki, ular kim ko‘proq «Oltin to‘p» qo‘lga kiritishi uchun kurashayotgandek. Ronalduning yagona maqsadi — Messiga nisbatan ko‘proq "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan holda nafaqaga yo‘l olish. Uning o‘zi bu haqda aytgan.

Lionel va Krishtianuning statistikasiga qarasangiz, ular sentyabr va oktyabrda hamisha ko‘p gol urganiga guvoh bo‘lasiz. Aynan shu paytda so‘rovnoma o‘tkazilayotgan bo‘ladi. Bu tasodif emas», - dedi Ferre "The New York Times"ga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida. Messi hisobida 6ta «Oltin to‘p» bo‘lsa, portugaliyalik futbolchi hisobida ushbu sovrindan 5tasi mavjud.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 22:38, 27.11.2021.
O'qildi: 12587 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик