Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Metallurg–2021»: mavsum sarhisobi

«Metallurg–2021»: mavsum sarhisobi

Baho:
+ | -

«Metallurg» klubining 2021 yilgi natijalarini sarhisob qilamiz.

To‘purari – Damir Temirov

Yubiley – XXX milliy chempionatimizda “Metallurg” raqiblari darvozasini 22 marta aniq nishonga ololdi. Bu Superligadagi 10-ko‘rsatkich. Avvalgi yillarga nisbatan sermahsullikda ancha “oqsadik” (2020 yil – 30 ta gol, 2019 – 33,  2018 – 24, 2017 – 40, 2016 – 47, 2014/15 – 44...)

Bu yilgi mavsumda eng ko‘p gol urgan o‘yinchimiz – yarim himoyachimiz Damir Temirov bo‘ldi. U raqiblar darovzasi tomon 4 marta yo‘l topa oldi. Gollaridan birini 11 metrlik jarima zarbasidan kiritdi. Yana bir yarim himoyachimiz – Shahzodbek G‘ofurbekov hamda hujumchilar -  Shahzodbek Nurmatov va Zohid Abdullayevlar hisobida 3 tadan gol bor. Mavsum davomida darvoza chizig‘idan tashqari barcha liniyalarda o‘ynab chiqqan Salamat Quttiboyev esa 2 ta gol kiritdi. Stanislav Andreev, Dilshod Rahmatullayev, Abror Toshqo‘ziyev, Kamoliddin Tojiyev, Ivan Nagayev va Xudoyshukur Sattorovlar 1 martadan o‘z ismi shariflarini tabloga yozdirib qo‘yishdi.

Darvozabonlar...

Ortda qolgan chempionatda “Metallurg” darvozasiga raqib jamoa o‘yinchilari 35 ta gol urishdi. Bu natijani avvalgi yillar bilan qiyoslaganimizda yana ortga ketishni ko‘ramiz ( 2020 – 30, 2019 – 26, 2018 – 29...). Albatta gol o‘tkazib yuborish yoqimsiz. Bunda faqat darvozabonlarni ayblab bo‘lmaydi. O‘tkazib yuborilgan gollarda himoya chizig‘i vakillarining ham “hissasi” bor. Qolaversa butun tarkibning o‘yini qovushmasa ham “qovun tushaveradi”.

Bevosita darvozabonlarimizning “ulushiga” to‘xtalsak.  Eng ko‘p – 16 uchrashuvda darvoza “ramka”sini Aleksandr Lobanov qo‘riqladi. Tabiiyki uning o‘tkazib yuborgan gollari ko‘rsatkichi ham yuqori – 20 ta gol. Bu o‘rtacha bitta uchrashuvga 1,25 tadan golga to‘g‘ri keladi. Aleksandr to‘rtta uchrashuvda o‘zining darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Ikkinchi raqamli darvozabonimiz Akmal Tursunboyev esa 9 ta uchrashuvda 13 ta gol o‘tkazib yubordi. O‘rtacha bitta uchrashuvga 1,44 ta gol. Yana bir posbonimiz Vladimir Vagin esa bitta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 2 ta to‘p olib chiqdi.

Navbat – “qoidabuzarlar"ga...

Ogohlantirishlar va chetlatishlar

“Metallurg”ning XXX milliy chempionatdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokida o‘yinchilarning tartib intizomi ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi, deyish mumkin. 26 uchrashuvda hakamlar bekobodlik o‘yinchilar qarshisida 66 marta kartochka ko‘tarishdi. Shulardan 63 tasi sariq, 1 tasi ikkinchi sariq va 2 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka edi.

Ogohlantirishlar borasida mutloq karvonboshi bu – hujumchi Zohid Abdullayevdir. Oldingi chiziq vakilimiz har 3 bor maydonga chiqqanida hakamlar “diqqat markazida turgan”.  Markaziy himoyachimiz Kamoliddin Tojiyev, yarim himoyachilar Salamat Quttiboyev hamda Muhammad Isayevlar ham “peshqadam”dan ortda qolishmadi – 6 tadan sariq kartochka. Salamat Quttiboyev bu ko‘rsatkichga 24 marta maydonga chiqib erishgan bo‘lsa, Kamoliddin Tojiyev hamda Muhammad Isayevlar yanada yuqori tezlik ko‘rsatishdi. Bu ikkala yetakchimizga 6 marta ogohlantirilishi uchun 14 tadan o‘yin kifoya qildi.

Keyingi pog‘onalarda Damir Temirov va Abdurahmon Abdulhaqovlar borishmoqda. Damirga hakamlar 5 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatishdi. Qizil kartochkaning esa o‘ziga xos tarixi mavjud. Temirov “Bunyodkor”ga qarshi Olmaliqda kechgan uchrashuvning 18-daqiqasidayoq to‘g‘ridan to‘g‘ri maydondan chetlatilgan va yakunda “Metallurg” mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgandi. O‘yindan keyin jamoa rahbariyati mazkur chetlatish borasida O‘zPFLga protest yozdi. Hakamlar qo‘mitasi vaziyatni o‘rganib chiqib, Zokir Qodirov qoidabuzarlikni bo‘rttirib yuborganligini e’tirof etdi va qizilni sariq rangga “bo‘yab berdi”. Ammo o‘yinda qayd etilgan mag‘lubiyat o‘zgarishsiz qoldi. O‘z navbatida O‘zPFLning rasmiy saytidagi o‘yinchilar statistikasida ham Damir Temirovning chetlatilganligi to‘g‘risidagi band o‘zgarishsiz qoldirildi. Abdurahmonning hisobida esa 21 ta o‘yinda 5 ta sariq. Shulardan 4 tasini u "Turon" jamoasi tarkibida "qo‘lga kiritgan" bo‘lsa, "Metallurg" safida 1 marta ogohlantirildi, xolos.

Ogohlantirilganlar orasida barcha chiziq vakillari bor. Jumladan darvozabon Aleksandr Lobanov, himoyachilar Odilbek Abdumajidov va Farrux Ibrohimovlar 4 martadan sariqqa giriftor bo‘lishdi va bittadan o‘yinni o‘tkazib yuborishdi. Odilbekda 1 marta to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olganligini ham qayd etish lozim. Himoya chizig‘i vakillaridan Xudoyshukur Sattorov ham “o‘zini ko‘rsatgan”. Xudoyshukur 8 o‘yinda 4 ta sariq kartochka ishlagan. Ulardan ikkitasi bitta o‘yinga to‘g‘ri kelgan va tabiiyki Sattorov uchrashuvni jamoadoshlaridan vaqtliroq tugatib, tomoshabinga aylangandi.

Tajribali Akbar Ismatullayev esa o‘yinni qo‘yvorish chegarasida to‘xtagan – 3 ta sariq kartochka. 2 martadan ogohlantirilgan safi birmuncha kengroq – to‘rt o‘yinchi: Stanislav Andreev, Dilshod Rahmatullayev, Ivan Nagayev va Ibrohim Ibragimov. Abror Toshqo‘ziyev hamda Mahmud Qudratillayevlar esa 1 martadan sariq kartochka bilan jazolanishgan.

Umuman esa “Metallurg” tarkibida bu yil Superliga bahslarida asosiy tarkibda maydonga 26 nafar futbolchi chiqqan bo‘lsa, shulardan faqat 9 nafari bosh hakamning “e’tiboridan chetda qolgan”.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 11:42, 01.12.2021.
O'qildi: 1351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.