Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dzyudo. Vakillarimiz Osiyo chempionatini 5 ta oltin medal bilan boshlashdi

Dzyudo. Vakillarimiz Osiyo chempionatini 5 ta oltin medal bilan boshlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatining birinchi kuni o‘z yakuniga yetdi.

Bugun o‘smirlar o‘rtasida jami 8 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, dzyudochilarimiz 8 ta vaznda 9 ta medal qo‘lga kiritishdi. Shulardan 5 tasi oltin, 3 tasi kumush, 1 tasi esa bronza medalidir.

O‘z vazn toifalarida Suhrob Po‘latov (-60 kg), Elbek Tojiyev (-66 kg), Laziza Haydarova (-40 kg), Ulbusin Hakimova (-44 kg) va Muhayyo Ahmatova (-48 kg) Osiyo chempioniga aylanishdi.

Zamohshari Bekmurodov (-55 kg), Sardor Himmatov (-60 kg), So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg) kumush, Fazliddin Shokirov (-50 kg) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Kiritildi: 22:50, 02.12.2021.
O'qildi: 1402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик