Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

O‘FAda hakamlik sohasini rivojlantirish tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FAda hakamlik sohasini rivojlantirish tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futbol hakamligini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklarni tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Videoanjuman shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda hududiy assotsiatsiyalarning vitse-prezidentlari, instruktorlar, hakamlar va nazoratchilar ishtirok etdi.

Kun tartibiga koʻra, dastlab hududlarda hakamlarni seleksiya qilish jarayoni tahlil qilindi. Ravshan Ermatov yosh hakamlarni oʻqitish, ularni katta uchrashuvlarga ruhan tayyorlash, tizimli ravishda saviyasini oshirib borish borasidagi ishlarni tanqidiy tahlil qildi.

“Saviyasiz hakamlik futbolni rivojlanishiga toʻsiq boʻlishini hammamiz yaxshi bilamiz, hamma oʻz ishini sidqidildan bajarsa, futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun borini berib harakat qilsa, albatta oʻsish boʻladi. Hakamlik ham bevosita futbolimizning bir boʻlagidir. Shuning uchun yangi yetishib chiqayotgan hakamlar yangicha fikrlashlari, futbol qonun-qoidalarini yaxshi bilishlari, jismoniy tayyor boʻlishlari, chet tillarini bilishi va oʻz oldiga yuqori maqsad qoʻyib, oʻz ustida doimiy ishlab borishlari shart”, — dedi OʻFA birinchi vitse-prezidenti.

Har bir sohada boʻlganidek, hakamlikda ham bugungi kunning talabi — ishga masʼuliyat va professionallik bilan yondashish, zamonaviy bilimlarni egallashda shijoatli boʻlish kerak ekanligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, yurtimizda yildan yilga musobaqalar koʻpayib, oʻyinlar soni ortib borayotgani yosh hakamlarga tajribasini orttirish uchun yaxshi imkoniyat berishi, har bir uchrashuvga bilimli va saviyasi yuqori hakamlarni tayyorlash zarurligi aytildi. Bu borada joylardagi hakamlarni seleksiya qilish tizimini qayta ishlab chiqish birinchi galdagi vazifa ekanligi qayd etilib, hakamlar yetishtirib berishda oqsayotgan hamda ishga reja va tahlil bilan yondashmayotgan hududlar tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, mahorat maktablarini bitirayotgan, biroq futbolchi boʻlolmagan yoshlarimizni professional hakam, yoki murabbiylikka yoʻnaltirish boyicha hududiy vakillarga vazifalar belgilandi.

Yigʻilishda hakamlikni yuqori darajada olib chiqish borasida maxsus seminarlar va kurslarni davomli oʻtkazib borish, har bitta hududda ayollar hakamligini rivojlantirish hamda yosh hakamlarni saralab olishni koʻpaytirish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:14, 03.12.2021.
O'qildi: 1352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.