Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

O‘zbek futbolchilarining jismoniy holatini tekshirish uchun test sinovi ishlab chiqiladi

O‘zbek futbolchilarining jismoniy holatini tekshirish uchun test sinovi ishlab chiqiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kun tartibida O‘zbekiston chempionati-2022 musobaqalari reglamentiga Superliga futbolchilarining mavsum boshlanishidan oldin jismoniy tayyorgarligi masalasida testlarini joriy etish, chempionat klublarida mashg‘ulotlar jarayonini boshqarishda innovasion texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini pastdan, ya’ni futbol akademiyalari va maktablaridan boshlab tizimli ravishda amalga oshirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur yo‘nalishga tibbiy va ilmiy nuqtai nazardan yondashish kerakligini aytdi.

«Zamonaviy texnologiyalarga tayangan holda, yurtimizning iqlimiga mos keladigan jismoniy tayyorgarlik test sinovlari  uchun dastur ishlab chiqiladi. Ushbu dastur 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir futbolchining jismoniy ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich o‘sishiga xizmat qiladi», — dedi Ravshan Ermatov.

Yig‘ilish davomida turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizning bosh murabbiylari — Timur Kapadze, Ravshan Haydarov va Server Jeparov, shuningdek, tajribali mutaxassislar — Mirjalol Qosimov hamda Ro‘ziqul Berdiyevning bir qator masalalar yuzasidan fikrlari tinglandi. Xususan, jismoniy tayyorgarlik testlarining joriy etilishi barcha jamoalar va murabbiylar uchun faqat foyda keltirilishi, bunday tahlil zamonaviy futbol talablariga javob berishi va xalqaro standart ekani e’tirof etildi. Bu jarayon, o‘z navbatida, futbolchilarga mas’uliyat yuklashi, buning natijasida ular mashg‘ulot va o‘yinlarda borini berib harakat qilishlari mumkinligi qayd etildi.

Murabbiylar o‘z qo‘l ostidagi futbolchilarni terma jamoada o‘ynashga jismonan va ruhan tayyor bo‘lishlari uchun doimiy ravishda bu kabi nazorat-tahlillarni olib borishi kerakligi aytildi va futbolchilar uchun zarur normativ-ko‘rsatkichlar ishlab chiqilishi ma’qullandi.

Ushbu testlarni o‘tkazish sanalariga  va normativlarga aniqlik kiritildi va qabul qilingan qarorlarni uzluksiz bajarish maqsadida O‘FA qoshida futbolchilarning jismoniy holatini tekshirish hamda har bir yoshdagi jamoalar murabbiylarini qayta attestasiya qilish uchun maxsus komissiyalar tashkil etilishi belgilandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:47, 06.12.2021.
O'qildi: 2171 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.