Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

“Ko‘hna qit’a“ning boqiy klasikosi yoxud “Milan“ – “Liverpul“ (prevyu)

“Ko‘hna qit’a“ning boqiy klasikosi yoxud “Milan“ – “Liverpul“ (prevyu)

Baho:
+ | -

25.05.2005. Bu sanani haqiqiy futbol muxlisi aslo yoddan chiqarmagan. Butun dunyoni larzaga solgan o‘sha Istanbuldagi final hamon tildan-tilga ko‘chib, unutilmas bahs bo‘lib qolmoqda. Bugun tunda, aniqrog‘i 01:00da Milandagi “San Siro“ o‘yingohida yana o‘sha eski tanishlar qarama-qarshi saf tortadi. A Seriyada peshqadam bo‘lib turgan “Milan“ Chempionlar Ligasida hali ochko yo‘qotmagan “Liverpul“ bilan kuch sinashadi. Shunday ekan, biz hozir bu ikki buyuk klubning hozirgi holati, imkoniyatlari va boshqa mayda detallar haqida so‘z yuritishga qaror qildik.

“Milan“

Milanliklar uzoq tanaffusdan so‘ng, yana Yevropaning eng kuchli jamoalari safiga qaytdi. Qaytishi bilan esa uni “o‘lim guruhi“ bilan mehmon qilishdi. Dastlab jamoa ancha qiynalyotgandi. Biroq oxirgi 2 o‘yinda qo‘lga kiritgan ochkolari sabab “qizil-qoralar“da pley-offga chiqish uchun hali imkoniyat saqlanib turibdi. Buning uchun klub bugungi o‘yinda g‘alaba qozonmog‘i va narigi “Portu“ – “Atletiko“ o‘yinida durang qayd etilmog‘i lozim. Portugaliyadagi o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, “Milan“ 10:0 hisobida zafar quchsa ham bir tiyinlik foydasi bo‘lmaydi. Asosiysi, Pioli shogirdlarining bugungi o‘yinda raqibni mag‘lub etishlari shart. Agar jamoa hatto durang qayd etadigan taqdirda pley- offdan quruq qoladi. Xullas, bu guruhda vaziyat ancha chigal va murakkab.

“Liverpul“

Ingliz klubining YECHLda qiladigan ishi qolmagan. O‘tkazilgan 5 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan “qizillar“ Milanga faqat rasmiyatchilik uchun tashrif buyurishgan desak xato bo‘lmasa kerak. Turli xil gap-so‘zlarga ko‘ra, bugun Klopp maydonga yoshlardan iborat tarkibni tushirishi ham mumkin ekan. Biroq aynan mana shu asosiy tarkibga kirish ishtiyoqidagi yoshlar ham “Milan“ni qiynab qo‘yish ehtimoli yo‘q emas. Aslida, har bir jamoa guruhni 100 foizlik natija bilan yakunlashni istaydi. “Liverpul“da bunday o‘y-xayol yo‘q deb bo‘lmaydi-yu, ammo jamoa oldindagi tig‘iz taqvim bois bu o‘yin uchun katta tavakkal qilmasa kerak. Har holda, APLda boshlanajak "Boxing day"ga “Liverpul“ to‘liq tarkib bilan yetib borishi juda ahamiyatli.

Qisqasi, bu bahsni mehmonlar uchun o‘ta muhim deb bo‘lmaydi. Shunchaki, muxlislar uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatib berishsa, “mersisaydlik“ tomoshabinlar aslo xafa bo‘lmasa kerak.

“Milan“ga oid yangiliklar

“Rossonerilar“ safida lazaretni to‘ldirib o‘tirgan futbolchilar me’yordan oshib ketgan. Ularning aksari asosiy tarkib o‘yinchilari ekanligi Pioli uchun yana bir muammo bo‘la oladi. Shunday qilib, Kyer, Rebich, Kastilyexo, Jiru, Kalabriya va Pellegri singari charm to‘p ustalari bugungi o‘yinni maydon tashqarisidan kuzatishga majbur. Umid qilamizki, bugungi o‘yinda yuqoridagilardan boshqa hech kim lazaret tomon yo‘l olmaydi.

“Liverpul“ga oid yangiliklar

“Mersisaydliklar“ tarkibida bugun maydonda harakatlanishi so‘roq ostida bo‘lib turgan futbolchilar yetarlicha. Jumladan, Firmino, Elliott, Jons kabi o‘yinchilar mazkur bahsni o‘tkazib yuborishi deyarli aniq. Shuningdek, Gomes va Milnerlarning ham uchrashuvda ishtirok etishi noma’lum bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, Klopp jamoasining zaxira variantlari raqibnikidan ko‘ra ancha yaxshiroq. Bu borada unda muammo bo‘lmasa kerak.

Uchrashuvlar tarixi

O‘yinlar soni : 3ta

“Milan“ : 1 g‘alaba
“Liverpul“ : 1 g‘alaba
Durang : 1ta


Taxminiy tarkiblar

“Milan“ : Menyan; Florensi, Tomori, Romanyoli, Ernandes; Bennaser, Kessie; Messias, Dias, Leau; Ibragimovich.


“Liverpul“ : Alisson; Uilyams, Konate, van Deyk, Simikas; Oksleyd-CHemberlen, Morton, Keyta; Saloh, Minamino, Origi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:16, 07.12.2021.
O'qildi: 2142 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.