Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

O‘FA va Yaponiya futbol assosiasiyasi o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘FA va Yaponiya futbol assosiasiyasi o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA hamda Yaponiya futbol assosiasiyasi o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirishga mo‘ljallangan navbatdagi muzokaralar videoanjuman shaklida o‘tkazildi.

Unda ikki mamlakat futbolini rivojlantirish, ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, O‘zbekistonga Yaponiyadan murabbiy va mutaxassislarni jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Dastlabki muzokaralarda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligi va hududiy akademiyalarning texnik direktorligi lavozimi uchun Yaponiyaning tajribali mutaxassislar xizmatlaridan foydalanish tashabbusi bilan chiqqan edi.

O‘z navbatida Yaponiya futbol assosiasiyasi ham bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish har ikkala davlat uchun ham foydali ekanligini ma’lum qildi.

Dastlabki kelishuvga ko‘ra, ayollar terma jamoamizga nomzod bosh murabbiy va uning yordamchisi kelasi yilning yanvar oyida, hududiy akademiyalarning texnik direktori esa fevral oyida yurtimizga kelishi kutilmoqda. Mazkur mutaxassislarga ayollar futbolini rivojlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish va mashg‘ulotlarni ilmiy-tahliliy yondashuv dasturlari asosida tashkil etish kabi vazifalar yuklatiladi.

Konferensiyada yurtimizda faoliyatini boshlashi kutilayotgan yaponiyalik murabbiylar ham ishtirok etib, bo‘lajak ish rejasini tanishtirdi. O‘z navbatida, O‘FA tegishli bo‘linmalari tomonidan mutaxassislarga ayollar terma jamoasi va umumiy futboldagi vaziyat tanishtirildi hamda jamoaning o‘yinlaridan iborat video-materiallar taqdim etildi. Bu o‘z navbatida, yaponiyalik murabbiylarga fevral oyiga qadar bo‘lajak mas’uliyatli vazifasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Muzokaralar chog‘ida shuningdek, shartnomaning shartlari va yapon mutaxassislarining mamlakatimizdagi vazifalari yana bir bor muhokama qilindi. Har ikki tomon ham uzoq muddatli samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:31, 08.12.2021.
O'qildi: 1549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик