«Bavariya» «Yuventus»ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibalani «Palermo»da o‘ynab yurgan paytlaridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan.
«Biz Dibalani o‘shanda faol kuzatib borganmiz. Biz jiddiy ravishda uni qo‘lga kiritish niyatida edik, lekin u «Yuventus»ni tanladi.
Dibala nihoyatda iqtidorli futbolchi, ammo unda barqarorlik yo‘q. Menimcha, u bundan ham ko‘proq narsalarni qila oladi», - deydi Rummenigge.