Futbolchining faoliyati o‘ziga xosdir. Ular o‘zining eng yaxshi yillarini qaysidir klubda o‘tkazishi mumkin, aksincha boshqa bir futbolchilar esa faoliyati davomida qaysidir jamoa safida bir mavsum davomida bir mavsum davomida o‘ynagan va buni ko‘pchilik muxlislar hatto bilishmaydi ham. “Stadion.uz” nashri aynan shunday futbolchilar haqida ma’lumot berishga qaror qildi.
10. Tiago Silva – “Dinamo” Moskva
Biz o‘ninchi o‘ringa Tiago Silvani qo‘ydik.Evropadagi faoliyatining boshida Moskvaning “Dinamo” jamoasida o‘ynagan. 2005 yilning yanvarida Tiago Silva 3,50 mln evaziga Moskvaning Dinamo klubiga o‘tdi. Yana ikki yilga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma imzolandi. Biroq braziliyalik futbolchi “Dinamo” safida birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmadi. Transferdan bir oy o‘tgach, braziliyalik kasal bo‘lib, olti oydan ko‘proq vaqt davomida kasalxonada o‘tkazdi, keyin u Rossiyani tark etishga qaror qildi. Futbolchining o‘zi Moskvada qolishi haqida shunday dedi:
“Moskva juda sovuq edi va men kasal bo‘lib qoldim. Olti oy kasalxonada davolandim. Oxir-oqibat, men sil bilan kasallanganimni bildim. Shifokorlar menga bu yerni tark etishimni maslahat berishdi”.
9. Jerar Pike – “Manchester Yunayted”
Jerar Pikeni “Barselona” libosida ko‘rishga hamma o‘rganib qolgan, ammo bu har doim ham shunday bo‘lmagan. Pike butun dunyoga mashhur “Barselona” futbol maktabi - La Masiya tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 17 yoshidayoq “Manchester Yunayted” yosh ispaniyalik uchun 5,25 million to‘lashga rozi bo‘ldi. Ammo Tumanli Albionda Pikening faoliyati yaxshi chiqmadi. Markaziy himoyachisi “Manchester Yunayted” safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan, ammo keyinchalik u “Saragoza”ga ijaraga berildi. Qaytgandan so‘ng, Pike “Barselona”ga jo‘nab ketdi. Kataloniya klubi o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish uchun 5 million yevro to‘lashga rozi bo‘ldi.
8. Yozua Kimmix – “Leypsig”
Yozua Kimmix o‘zining professional faoliyatini “Leypsig”da boshlagan. Umuman olganda, Yozua “Shtutgart” tarbiyalanuvchisi va u yerdan yarim million yevro evaziga “Leypsig”ga o‘tdi. “Buqalar” tarkibida Kimmix ikki yil o‘ynadi - 55 ta o‘yin, 3 ta gol, 4 ta golli uzatma. 2015 yil, 1 iyul kuni “Shtutgart” Kimmixni 1,50 million yevroga sotib oldi. Keyinchalik esa futbolchini 8,50 mlnga “Bavariya”ga o‘tdi.
7. Dani Karvaxal – “Bayer”
Zamonamizning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilaridan biri Daniel Karvaxal “Real Madrid” sharafini himoya qiladi. Dani “Real Madrid” tarbiyalanuvchisi, ammo uning professional faoliyatidagi debyuti“qaymoqranglilar” tarkibida bo‘lmagan. U “Real Madrid Kastilya” safida o‘ynagandan so‘ng, Dani Karvaxal “Bayer”ga 5,00 million yevroga sotib yuborildi. Karvaxal Bundesligada yorqin mavsum o‘tkazdi - 36 o‘yin, 1 gol, 8 golli uzatma. O‘shanda “Real” xato qilganini tushundi va futbolchini 6,50 million yevro evaziga bitimdagi qayta sotib olish bandidan foydalandi.
6. Kevin de Bryuyne – “Verder”
Futbol olamiga ma’lumki, o‘sha paytda “Chelsi” Kevin de Bryuynening iqtidorini ko‘ra olmay, katta xatoga yo‘l qo‘ygan. Belgiyalik hozirda dunyoning eng yaxshi hujumkor yarimhimoyachisi hisoblanadi. Ammo Kevinning Bremenning “Verderi” klubidagi faoliyati hamma ham bilmaydi. Belgiyalik 2012 yilning yozidan 2013 yilning qishigacha ushbu klub sharafini himoya qilgan. Bu vaqt ichida de Bryuyne 34 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
5. Pyer-Emerik Obameyang – “Milan”
Ma’lum bo‘lishicha, “Arsenal”ning asosiy o‘yinchisi Pyer-Emerik Obameyang Italiyada ham o‘ynashi mumkin edi. 18 yoshida Obameyang “rossonerilar” jamoasiga o‘tdi, ammo “Milan” bilan 5 ta o‘yin o‘tkazgan va hattoki Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan akasi Katilin Obameyangdan farqli o‘laroq, u o‘z debyutini o‘tkaza olmadi. Pyer-Emerik “Kataniya”ga qarshi o‘yin uchun arizaga kiritildi, ammo zaxira o‘rindig‘ida o‘tirdi, shundan so‘ng u to‘rt yil davomida ijarada o‘ynab yurdi. Obameyang oxir-oqibat “Sent-Etyen”ga ko‘chib o‘tdi va keyinchalik Dortmundning “Borussiya” klubiga 13,00 million yevro evaziga o‘tgan.
4. Isko – “Valensiya”
Ehtimol “Real Madrid” muxlislari, Iskoni “Malaga”da o‘ynab, mashhur qozonganini bilishsa kerak. Hozirda u “Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Ammo, Isko uchun katta futbolga yo‘l “Valensiya” ochganini hamma ham bilmaydi. U “ko‘rshapalaklar” tarbiyalanuvchisi, ammo asosiy tarkibda atigi 7 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. 2011 yilda “Valensiya” ispaniyalikni “Malaga”ga 6,00 mln yevroga sotib yuboradi.
3. Xarri Keyn – “Lester”
Uchinchi o‘ringa zamonamizning eng yaxshi hujumchilaridan biri Harri Keynni qo‘ydik. Hozirda Keyn “Tottenxem”da o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatmoqda va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Biroq, London klubi hujumchining karyerasi davomida boshqa klubda ham to‘p surganini juda kam odam biladi. Keyn “shporlar” bitiruvchisi, ammo 2011 yildan boshlab ikki yarim yil davomida ijarada o‘ynashgamajbur bo‘ldi. Keyn “Leyton Oriyent”, “Milluol”, “Norvich”va nihoyat “Lester”da o‘ynagan. “Tulkilar” tarkibida hujumchi olti oy o‘tkazdi, 15 ta o‘yin o‘tkazdi va atigi 2 ta gol urdi. Biroq, ijara muddati tugagach, 2013 yilning yozida “shporlar” rahbariyati Keynni asosiy jamoada saqlab qolishga qaror qildi.
2. Felipe Koutinyo – “Espanyol”va “Inter”
Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Felipe Koutinyo, Kataloniya maydonlarida avval ham o‘ynagan, lekin boshqa jamoa “Espanyol” tarkibida. Koutinyoning Yevropadagi faoliyati “Inter”da boshlangan. Rasmiy ravishda, “Inter” futbolchini 2008 yilda o‘z safiga qo‘shib olgandi, biroq uni Braziliya klubiga yana ikki yil ijara berib yuboradi. Italiyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, yosh braziliyalikning karyerasi samara bermadi. Yanvar oyida Koutinyo “Espanyol”ga ijaraga berildi, olti oydan so‘ng qaytib keldi va 2013 yilning qishida “Liverpul”ga 13 million yevro evaziga sotib yuborilgan.
1. Mauro Ikardi – “Barselona”
Birinchi o‘ringa argentinalik PSJ hujumchisi Mauro Ikardini qo‘ydik. 28 yoshli futbolchini ko‘pchilik “Inter”dagi faoliyati orqali yaxshi bilishadi, chunki hujumchi “Inter” safida 100 dan ortiq gol urishga erishgan. Biroq argentinalik futbolchining “Barselona” tarbiyalanuvchisi ekanligini kam odam biladi. Ikardi “ko‘k-anorranglilar” yoshlar jamoasida 3 yil o‘ynab, “Sampdoriya”ga ijaraga berildi va keyin to‘liq shartnoma imzoladi. 2013 yilda esa “Inter” uni sotib oladi. Futbolchi o‘zining transferi haqida shunday javob berdi:
“Avvaliga futbol men uchun hobbidek edi, keyin esa “Barselona”ga keldim va haqiqiy ish boshlandi. “Barselona”ni tark etdim, chunki klubning o‘yin uslubi menga mos kelmaydi deb qaror qildim. Italiya futbolida ko‘p narsa boshqacha".