Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

“Barsa” “Liverpul”ning doimiy xaridori yoxud mersisaydliklar tarixidagi eng qimmat sotuvlar (top-10)

“Barsa” “Liverpul”ning doimiy xaridori yoxud mersisaydliklar tarixidagi eng qimmat sotuvlar (top-10)

Baho:
+ | -

“Stadion.uz” e’tiboringizga “Liverpul” tarixidagi TOP 10 ta eng qimmat sotuvlar ro‘yxatini taqdim etadi.

 

10. Xavyer Maskerano ⇒ “Barselona”,   20 million yevro

“Liverpul” Kataloniyaning “Barselona” uchun asosiy futbolchi yetkazib beruvchi jamoalardan biri hisoblanadi. 2010 yilning yozida mersisaydliklar argentinalik yarimhimoyachi Xavyer Maskeranoni 20 million yevro evaziga Pireney oroli jamoasiga sotib yuborishdi. “Liverpul” o‘z vaqtida Maskeranoni “Vest Xem Yunayted”dan 22,5 million yevroga sotib olganini hisobga olsak, bu transferni klub uchun foydali deb bo‘lmaydi.

 

9. Dominik Solanke ⇒ “Bornmut”, 21,2 million yevro

2019 yil boshida mersidiyaliklar hujumchi Dominik Solankeni 21,2 million yevroga “Bornmut”ga sotib yubordi. Solanke “Liverpul”ga 2017 yilda erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi, biroq hujum chizig‘idagi yuqori raqobat tufayli angliyalik kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Umuman olganda, Solanke “qizillar” safida 27 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

 

8. Denni Ings ⇒ “Sautgempton”, 22,2 million yevro

Denni Ingsning mersisaydliklar klubi tarixida o‘z izini qoldira olmadi. Hujumchi 2015 yilda “Byornli”dan 8,3 million yevro evaziga “Enfild” egalari safiga o‘tgan, biroq jamoada o‘z o‘rnini topa olmadi. Uch yil ichida Ings bor-yo‘g‘i 25 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi. Natijada futbolchi “Liverpul” rahbariyatidan o‘ziga yangi klub topishni so‘radi. 2018 yilning yozida Ings “Sautgempton”ga ijara asosida ko‘chib o‘tdi, keyingi yozda “avliyolar” uning shartnomasini 22,2 million yevroga sotib oldi.

7. Mamadu Sako ⇒ “Kristal Pelas”, 28,2 million yevro

Yettinchi o‘rinda Mamadu Sakoning “Kristal Pelas”ga 28,2 million yevro evaziga o‘tgani joy oldi. Sako “Liverpul” bilan 3 yil davomida 80 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. Doimiy jarohatlar markaziy himoyachining “qizillar” tarkibida mustahkam o‘rnashib olishiga to‘sqinlik qildi. Eslatib o‘tamiz, Sako Tumanli Albionga 2013 yilda PSJdan 19 million yevro evaziga o‘tgan edi.

 

6. Kristian Benteke ⇒ “Kristal Pelas”, 31,2 million yevro

“Liverpul” tarixidagi eng omadsiz transferlardan biri bu Kristian Bentekening xarididir. Mersisaydliklar belgiyalik futbolchini 2015 yilning yozida 46,50 million yevroga sotib olishgan bo‘lsa, keyingi yili 32,20 million yevroga sotib yuborishgan. Oddiy hisob-kitoblar usulidan foydalanib, hujumchidan xaridi ortidan yo‘qotishlar 14,30 million yevroni tashkil etganini aniqlash mumkin. “Liverpul” tarkibida Benteke 42 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan.

 

5. Xabi Alonso ⇒ “Real Madrid”, 34,5 million yevro

Reytingning o‘rtasida Xabi Alonso joylashgan. 2004 yilda mersidiyaliklar “Real Sosyedad” tayanch yarimhimoyachisining iqtidorini payqab qolishgan va basklarga 16 million yevro taklif qilishgan. Oradan 5 yil o‘tib “qizillar” Alonsoni “Real”ga bir baravar qimmatga sotishdi. “Liverpul” muxlislari uchun Xabi Alonso klubning yaqin tarixidagi eng sodiq va eng yaxshi legionerlaridan biri sifatida abadiy esda qoladi.

 

4. Fernando Torres ⇒ “Chelsi”, 58,5 million yevro

2011 yilning 31 yanvarida, qishki transfer oynasining so‘nggi kunida “Liverpul” hujumchi Fernando Torresni “Chelsi”ga sotib yubordi. Transfer summasi 58,5 million yevroni tashkil qildi. Torres dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida “Chelsi”ga o‘tdi va bir necha yildan so‘ng bu sotuv Premyer-liga tarixidagi eng omadsiz transferlardan biri sifatida qayd etildi. Fernando Torresning o‘zi Liverpulda o‘tkazgan vaqtlarini sog‘inish bilan eslaydi. Uning statistikasi: 142 o‘yin, 81 gol, 20 golli uzatma.

 

3. Raxim Sterling ⇒ “ManchesterSiti”, 63,7 million yevro

Raxim Sterling “Liverpul” tarixidagi eng qimmat sotuvlar uchligini ochdi. 20 yoshli yarimhimoyachining 2015 yilda “Manchester Siti”ga o‘tishi “Liverpul” muxlislarini hayratda qoldirdi. Ular shundan so‘ng Sterlingni juda yomon ko‘rib qolishdi va uni “sotqin” deb atashdi. “Qizillar” bu transferda 63 million yevro ishlab oldi. Eslatib o‘tamiz, Raxim KPR tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va “Liverpul” bilan atigi 700 ming yevro evaziga shartnoma imzolagandi.

 

2. Luis Suares ⇒ “Barselona”,   81,7 million yevro

Yetti yil oldin mersisaydliklar tarixidagi eng qimmat transfer Luis Suaresning “Barselona”ga o‘tishi bo‘ldi. 2014 yilning 11 iyulida Kataloniya klubi urugvaylik hujumchi uchun 80 million yevrodan ko‘proq pul to‘lagandi. Luis Suares “Liverpul” safida uch yil davomida o‘ynadi va shu vaqt ichida 133 ta o‘yin o‘tkazib, 82 ta gol urdi va 47 ta golga assistentlik qildi. Klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida Luis 14-o‘rinni egallab turibdi.

 

1. Felipe Koutinyo ⇒ “Barselona”,   130 million yevro

Felipe Koutinoning “Barselona”ga sotuvi “Liverpul” tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi. Mersisaydliklar Koutinyoni 13 million yevroga sotib, 130 million yevroga sotib, 117 million yevro daromad ko‘rishdi. 2013-2018 yillar oralig‘ida Felipe Koutinyo “Liverpul” libosida 201 ta o‘yin o‘tkazib, 54 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ammo, bu o‘tish na “Barsa”, na Koutinyo uchun omadli transfer deb bo‘lmaydi.

Kiritildi: 16:27, 14.12.2021.
O'qildi: 7443 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.