Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

YECHL qur’asida kim g‘olib-u, kim mag‘lub?

YECHL qur’asida kim g‘olib-u, kim mag‘lub?

Baho:
+1 | -

Kuni kecha Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlandi. Uning natijalaridan hammamiz xabardormiz. Qayta o‘tkazilgan tanlov ham bizga ajoyib qarama-qarshiliklar «yasab» berdi. Shubhasiz, ushbu juftliklar ichida eng og‘ir vazn toifasi «PSJ» hamda «Real» qarama-qarshiligi hisoblanadi. Negaki, har ikki jamoa top va bu mavsumda o‘z ligalarida yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» Ispaniyaning amaldagi chempioni «Atletiko» bilan to‘qnashadigan bo‘ldi. O‘z tojini bu mavsumda himoya qilishga chog‘langan «Chelsi» esa, ikki marta tashlangan qur’aning har ikkisida «Lill» bilan juftlashdi. Quyida siz bilan ushbu jamoalarning qay biri omadli(g‘olib), qay birining esa peshonasi sho‘r(mag‘lub) ekani haqida gaplashamiz.

«Chelsi» – g‘olib

O‘z tituli himoyasiga chog‘langan londonliklar, bundan yaxshiroq raqib kuta olmasdi. Ular oxirgi turda «Zenit» bilan durang o‘ynab(3-3), guruhni 2 o‘rinda yakunlagan edi. Shunga qaramay, nisbatan oson raqibga duch keldi. «Yuventus» esa guruhda yetakchi bo‘ldi. Endilikda, Tuxel jamoasi «Lill» bilan kurashda raqibdan o‘zlarini ustun his qila oladi. Chunki fransuzlar o‘z chempionatida 11 o‘rinda joylashgan.

«Manchester Siti» – g‘olib

Pep Gvardiola jamoasi APLda ham, YECHLda ham maksimum natija qayd etmoqda. Ular guruhlarida «PSJ» bor bo‘lishiga qaramay, yetakchi sifatida yilni yakunladi. «Shaharliklar» pley-off bahsida ham nisbatan oson raqib bilan to‘qnashadi. «Benfika» klubi Pep jamoasiga qarshilik qiladigan bo‘ldi. Portugaliya jamoasi guruhda «Barsa» kabi xavfli raqibni 3-0 hisobida yengib, ularning o‘rniga ko‘tarilib olgan edi. Ammo «Manchester Siti» mutlaqo boshqa dunyo. Bunda «Benfika» o‘zini erkin his qila olmasligi aniq!

«Real Madrid» – mag‘lub

Chempionlar ligasining rekordchilari bu mavsumda Anchelotti qo‘l-ostida fantastik o‘yin ko‘rsatmoqda. Ular ichki chempionatdagi birinchi davraning o‘zidayoq, eng xavfli raqiblari bo‘lgan «Atletiko» hamda «Barselona»ni yer tishlatishdi. «Qaymoqranglilar»ning omadsiz sifatida ko‘rilishiga sabab, dastlabki qur’ada «Benfika»ga raqib bo‘lganidir. Afsuski, bu natija bekor qilindi. Hozir esa raqib kuchliroq — «PSJ». Karim Benzema hamda Vinisius tomonidan boshchilik qilinayotgan jamoa bu mavsumda ichki ligada chempionlikka da’vo qilmoqda. Ammo YECHLda ishlari yurishmay qoldi. Chunki ular o‘tmishdagi eng ashaddiy raqobatchi futbolchilar bor bo‘lgan(Messi, Neymar) jamoa bilan kuch sinashishadi.

«Inter» – mag‘lub

Milan shahrining «Inter» klubi bu mavsumda ham o‘z chempionatida, ham Yevropa sahnida yaxshi yurish qilmoqda. Esingizda bo‘lsa, bu jamoa o‘tgan mavsumda guruhida qolib ketgandi. Bu safar pley-offga chiqdi. Ammo peshonasi sho‘r ekan — «Liverpul»ga duch keldi. Mersisaydliklarni esa, bugun qanday formada ekanini hamma yaxshi biladi. Klopp o‘z jamoasini 100 foizlik natija bilan guruhdan olib chiqqan edi. Ular, shuningdek, APLda ham chempionlikka da’vo qilmoqda.

«MYU» – mag‘lub

«Qizil iblislar» bu safar YECHLni zabt etishga chog‘langan «Atletiko»ga raqib bo‘ladi. Bu narsa esa Rangnikning eng katta omadsizligi! Harxolda, shunday qaralmoqda. «Matraschilar» guruh bosqichining so‘nggi turida saralandi. Ammo pley-offda boshqacha o‘yin ko‘rsatishi aniq. Shuniyam ta’kidlash joizki, «Atletiko Madrid» bu mavsum pley-offida ketma-ket uchinchi marta play-off'da ingliz klubi bilan to‘qnash keladi. Ya’ni, 2019-2020 yillarda «Liverpul»ga raqib bo‘lgan(yutgan). O‘tgan mavsumda esa, «Chelsi» bilan kuch sinashgan(yutqazgan).

Mana shunaqa gaplar. Har bir juftlik intrigaga boy. Bunga shubha yo‘q. Biz esa fevral oyida «spektakl»ning davomini tomosha qilamiz.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 19:11, 14.12.2021.
O'qildi: 12198 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.