Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Grandlar nishonidagi serb o‘g‘loni

Grandlar nishonidagi serb o‘g‘loni

Baho:
+ | -

Har kuni har yerda yangi qahramonlar paydo bo‘laveradi. Kun sayin ularning soni ortib boraveradi. Endi chiqqan qahramonlarga qo‘yiladigan talab – eskilarining o‘rnini bildirmaslik uchun o‘zlarining qobiliyatlarini takomillashtirib turish.

Futbolda ham shunday. Yangi "yulduzlar" har kuni "porlab" chiqaveradi. Ammo oxiriga qadar "nur sochish"ga ularning sabri yetmaydi. Son doimo joyida turaveradi, biroq sifat haqida unday deya olmaymiz.

Hozirgi qahramonimiz ham futbol olamida katta natijalarga erishishi kutilayotgan shaxslardan. Keling, u bilan yaxshilab tanishib olamiz. Demak, kutib oling, “Fiorentina“ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovich.

Futboli jonlanayotgan Florensiya

Joriy mavsum Florensiyaning “Fiorentina“ nomli jamoasi A Seriyada yana yuqori o‘rinlar uchun kurashga qo‘shildi. Oxirgi payt “binafsha ranglilar“ Italiya chempionatining o‘rtamiyona klublari qatoriga tushib qolayotgandi. Biroq bu mavsumdan Vlaxovich boshchiligida ular “kuchli oltilik“ safiga qaytdi. Qizig‘i, turnir jadvaliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, florensiyaliklar “Yuventus“, “Roma“ va “Lasio“ kabi nomdor raqiblarini ortda qoldirishmoqda. Statistika bo‘yicha ham “Fiorentina“ chempionatda yomon ko‘rinmayapti. Uzatmalar aniqligi 86%, har o‘yinda raqib darvozasi tomon o‘rtacha 13 ta zarba, 5 ta aniq zarba va 2 tadan gol. Ajoyib natijalar, shunday emasmi? Shu turishda kelasi yil Vinchenso Italyano shogirdlari Yevrokuboklarda ko‘rinish berib qolsa hech kim ajablanmasa kerak.

Gol uchun tug‘ilgan yigit

Serbiyalik futbolchi jamoasining yuqori ko‘rsatkichlar qayd etishida ulkan hissa qo‘shmoqda. “Fiorentina“ning deyarli har 2 golidan birida Dushanning ismi mavjud. U yoki gol urgan bo‘ladi, yoki assist qayd etadi. Shuningdek, Dushan 15 gol bilan A Seriyada eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Gol+pas tizimida ham unga yetadigani topilmayapti. Qo‘shimchasiga, serb hujumchisi aniq zarbalar bo‘yicha faqatgina Chiro Immobiledan ortda qolmoqda.

Shu bilan bir qatorda, Vlaxovichning terma jamoada qilayotgan ishlari ham maqtovga loyiq. 8 o‘yinda 4 ta gol urgan forvard jonajon Serbiyasini Jahon Chempionatiga chiqishida o‘z hissasini qo‘shdi. Qatardagi Mundialda ham serb millatining 21 yoshli futbolchidan umidlari katta.

Keyingi bekat...

Har qanday futbolchi shunday natijalar qayd etib tashlagandan so‘ng, tabiiyki, unga bo‘lgan xaridorlar soni ortib boradi. E’tiborli yana bir jihat shuki, Dushan Italiya chempionatida bir kalendar yilida urilgan gollar soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Ronaldu 2020 yili “Yuventus“ safida 33 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Vlaxovich esa bu yil “Fiorentina“ tarkibida 32 gol urdi. Vaholanki, florensiyaliklar yetakchisida dahshatli raqibidan o‘zib ketish uchun yana 2 ta match bor.

Hozirda serb o‘g‘loniga bir qator nomdor jamoalar ko‘z tikib turibdi. “Yuventus“, “Arsenal“, “Tottenxem“, “Atletiko Madrid“ kabi klublar shular jumlasidan. Qayd etish lozim, futbolchi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. “Fiorentina“ bosh direktori Jo Baronening aytishicha, rahbariyat yosh iqtidorni jamoada olib qolish uchun klub tarixidagi eng yuqori maoshni taklif qilgan. Biroq futbolchi va uning agenti bu taklifni rad etishgan. Shu tariqa, florensiyaliklar tezkorlik bilan Vlaxovichning o‘rniga boshqa hujumchi qidirishni boshlab yubordi. Demak, serbiyalik yaqin orada va hattoki, kelayotgan qishgi transferlar oynasidayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Ko‘ramiz, yosh futbolchi o‘z kelajagi uchun qaysi variantni to‘g‘ri deb bilarkin? Har holda, unga xaridor bo‘lib turgan jamoalarning hech birida uning natijalari shunday davom etishiga kafolat yo‘q. Buni “Fiorentina“ hujumchisi bizdan ko‘ra yaxshi anglab turibdi, nazdimizda.

*****

Futbolda to‘g‘ri qaror qilish – eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, transferlar masalasida bu yanada ahamiyatli. Millionlar o‘yinida "porlagan yulduzlar“ning boshqa joyga ko‘chib o‘tgach, umuman “nur taratmay“ qo‘yganiga ko‘p bora guvoh bo‘ldik.

Bizning yagona istagimiz – futbol yanada sifatli, jozibali va chiroyliroq bo‘lsin. Buning uchun esa top o‘yinchilar soni ham ko‘p bo‘lmog‘i darkor. Dushan Vlaxovich esa biz o‘sha yuqorida ta’kidlagan top futbolchilar qatorida bo‘lishga haqli. Zotan, u hali o‘zining bor potensialini namoyish qilib ulgurmadi, bizningcha.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:00, 18.12.2021.
O'qildi: 2455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.