Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abdusalom Azizov: «Odil Ahmedov vatanparvarligini ko‘rsatib, Mirjalol Qosimov va Birodar Abduraimov kabi o‘zbek futbol afsonalari qatoridan joy oldi»

Abdusalom Azizov: «Odil Ahmedov vatanparvarligini ko‘rsatib, Mirjalol Qosimov va Birodar Abduraimov kabi o‘zbek futbol afsonalari qatoridan joy oldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiya prezidenti Abdusalom Azizov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan Odil Ahmedov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun o‘zbek futbolining afsonalaridan biri Odil Ahmedovning faoliyatini yakunlashiga bag‘ishlangan marosimda yig‘ilib turibmiz, Odil futbolda fidoyi xizmat qildi. O‘zbekiston terma jamoasida 108 ta o‘yin o‘tkazib, uning katta qismida sardor bo‘lib, vatanparvarligini ko‘rsatib, Mirjalol Qosimov, Birodar Abduraimov kabi futbol afsonalari qatorida o‘zbek futboli tarixidan joy oldi.

Albatta, Odil bu kungacha shunchaki yetib kelgani yo‘q. O‘zi aytganidek, juda katta mashaqqat va qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. U bugungi yosh futbolchilar uchun namuna bo‘la oladi. Undan yana vatanparvarlik, halollik va burchini ado etish bo‘yicha ham namuna olish mumkin. U shunchaki o‘ynagani yo‘q, balki fidoyi bo‘lib, hayotda va futbolda o‘zini topdi. Bu juda katta mashaqqat va ruhiy iroda evaziga erishiladigan natija. Nafaqat O‘zbekistonda, balki «Anji», «Krasnodar» va Xitoyda dunyo yulduzlari qatorida o‘zini o‘rnini topish bu har bitta o‘zbek yigitiga nasib etadigan narsa emas. Lekin Odil, agar mehnat qilinsa, dunyo yulduzlari bilan bir qatorda turish mumkinligini isbotladi. Bugun Odilga keyingi ishlarida muvaffaqiyat, oilasiga tinchlik va salomatlik tilayman.

Va, albatta, Odil futbolni butunlay tark etgani yo‘q. O‘ylaymanki, u yaqin kelajakda, birinchidan, o‘zi asos solgan «Odil Junior» maktabi orqali O‘zbekistonga ko‘plab futbolchilarni yetishtirib berdi. Ikkinchidan, u assosiasiya, professional futbol ligasida faoliyat yuritib, o‘zbek futboli rivoji va terma jamoaning Jahon Chempionatiga chiqishida katta hissa qo‘shadi. Yana bir bor Odilga rahmat aytib, butun o‘zbek futboli rahbarlari va millionlab muxlislar nomidan katta minnatdorchilik bildiraman", — dedi Abdusalom Azizov.

Shundan Abdusalom Azizov Odil Ahmedovga assosiasiya nomidan ramziy «Oltin butsa» va esdalik sovg‘alarini topshirdi.



Ahmedov shu kungacha Xitoyning «Sanchjou Mayti Layons» klubi safida to‘p surib kelayotgandi. Ungacha esa «Paxtakor» (2006—2011), «Anji» (2011—2014), «Krasnodar» (2014—2016) va «Shanxay SIPG» (2017—2021) kabi jamoalarda to‘p surgan.

Ahmedov 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga chiqa olmaganidan keyin 2021 yilning 19 iyun sanasida terma jamoadagi faoliyati yakunlanayotganini e’lon qilgandi. Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyut o‘yinini 2007 yil 13 oktyabrda Xitoy Taypeyiga qarshi (9:0) o‘tkazgan. 34 yoshli futbolchi mamlakat bosh jamoasi safida 108 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:40, 18.12.2021.
O'qildi: 3090 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.