UYEFA Konferensiyalar Ligasining 6-tur doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan «Tottenxem» – «Renn» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv borasida qaror qabul qildi.
Ushbu bahs londonliklar tarkibida COVID-19ga chalinganlar soni ortib ketganligi sababli o‘tkazilmagandi.
UYEFA ushbu bahs "shporlar"ning aybi bilan o‘tkazilmagan degan qarorga keldi va «Tottenxem» klubiga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozildi.
Shu tariqa, «Renn» 14 ochko bilan Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin esa Niderlandiyanning «Vitess» klubiga (10 ochko) nasib etdi. «Tottenxem» hisobida esa 7 ochko mavjud bo‘lib, ular uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi va turnirni tark etdi.