Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Osiyo karate federasiyasi (AKF) rahbari bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Osiyo karate federasiyasi (AKF) rahbari bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Osiyo karate federasiyasi (AKF) prezidenti, general-mayor Nasser Abdulrazak Al Razuki boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi. Bugun kunning ikkinchi yarmida faxriy mehmon boshchiligidagi delegasiya a’zolari Turizm va sport vazirligiga tashrif buyurishdi. Ularni bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.

Shuningdek, ikki tomonlama muzokaralarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Osiyo karate federasiyasi vise-prezidenti, O‘zbekiston karate federasiyasi raisi Alamjon Mullayev va boshqalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda A.Abduhakimov so‘nggi yillarda yurtimizda karate sport turini tobora ommalashtirishga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik borasida to‘xtalib, bunga javoban o‘zbekistonlik sportchilar xalqaro maydonlarda o‘z so‘zlarini aytishayotganligini ta’kidladi. Jumladan, yaqinda BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Doston Otabolayevning g‘alaba qozongani va bu mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk oltin medal sifatida tarixga kirgani mamlakatimizda karate sporti rivojida sezilarli yutuqlarga erishilganidan darak berishini e’tirof etdi.

O‘z navbatida janob Nasser Abdulrazak Al Razuki yurtimizda sport sohasiga, xususan karate sportini rivojlantirishga hukumat darajasida e’tibor qaratilayotganidan mamnunligini bildirib, O‘zbekiston tajribasini qit’amizning boshqa mamlakatlarida ommalashtirishni taklif qildi. Shu bilan birga, mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, faxriy mehmon tashrif doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham bo‘ladi. Unda oliygoh bilan BAA hamda O‘zbekiston karate federasiyalari o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolanadi. Unga muvofiq, Osiyo karate federasiyasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining karate bo‘limida tatami va sport jihozlarini taqdim etishi ko‘zda tutilgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 00:15, 24.12.2021.
O'qildi: 1323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик