Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Dilshod Rahmatov: "Bunaqasini hali ko‘rmaganman"

Dilshod Rahmatov: "Bunaqasini hali ko‘rmaganman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2021-yilning eng yaxshi futzalchisi — Dilshod Rahmatov (“Huaxin-Jizzax” va futzal terma jamoa a’zosi, Jahon chempionati ishtirokchisi) mukofot haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Gapning ochig‘i, tadbirga taklif etilganimdan, eng yaxshi futzalchi nominasiyasiga nomzod bo‘lganimdan xursand edim, lekin aynan meni eng yaxshi futzalchi deb e’lon qilinishini sira kutmagandim. Sababi, bizda mohir, tajribali futzalchilar ko‘pchilikni tashkil etadi, ularning har biri har qanday mukofotga munosib. Ukalarim Husniddin yoki Davronni tabriklayman deb o‘ylagandim.

Kichik mehnatlarimni yuqori baholab, taqdirlaganliklari uchun tashkilotchilarga ham, menga ovoz bergan jurnalistlarga ham minnatdorligimni izhor etaman.

Bu sovrin kelgusi faoliyatimga yanada kuch bag‘ishlaydi, shu bilan birga mas’uliyat ham yuklaydi.

Tadbirning tashkiliy jihatlariga kelsak, bunaqasini hali ko‘rmaganman.

Kiritildi: 12:09, 28.12.2021.
O'qildi: 1963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик