Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

O‘FAda “Evima Football” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FAda “Evima Football” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati va “Evima Football” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, mazkur kompaniya ayollar sporti bo‘yicha turli xil tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda o‘z o‘rniga ega. “Evima Football” Bolgariya va Turkiyada futbol turnirlari va yig‘inlar tashkil etishga ixtisoslashgan.

Bugungi uchrashuvda kompaniya rahbari Yevgeniy Marinov va ayollar bo‘limi boshlig‘i Anastasiya Juravlyova ishtirok etdi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ayollar futbolining jahon sportida tutgan o‘rni katta ekanini ta’kidlab, mamlakatimizda ham xotin-qizlarni sportga, xususan, futbolga jalb etish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilayotganini qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasining oldiga ulkan maqsad va vazifalar qo‘yilganligi, bu borada jamoaga yaponiyalik murabbiylar jalb etilayotgani borasida ma’lumot berdi.

O‘z o‘rnida “Evima Football” vakillari O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari orasida ushbu yo‘nalishga katta o‘sishga erishayotganini e’tirof etishdi. Ayollar futboli turnirlarini tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanligini bildirishdi.

Uchrashuvda tomonlar kelajakda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini ta’kidladilar.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 17:16, 30.12.2021.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик