Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

APL yangi yilni qizg‘in tusda boshlab berdi

APL yangi yilni qizg‘in tusda boshlab berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» allaqachon chempionga aylandimi?; «Chelsi»ning «kombek»i, Lukaku bilan janjal; «Arsenal» kuchli uchlikka da’vogar bo‘lishi mumkin. Premyer-liganing 21-turi natijalari.

Angliya Premyer-ligasining 21-turi ko‘plab yorqin daqiqalari bilan yodda qoldi. «Manchester Siti»ning «Arsenal» ustidan qozongan g‘alabasidan tortib, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida Ralf Rangnikning birinchi mag‘lubiyatigacha.

2022 yil hisobidan Premyer-liga birinchi davrasida bor-yo‘g‘i 2 ta o‘yin qoldirildi, shuning uchun bu tur yakunda qizg‘in va nihoyatda hayajonli bo‘lib chiqdi, aslida ham APL mana shunday bo‘lishi kerak!

Quyida o‘tgan tur voqealariga qisqacha to‘xtalamiz.

«Arsenal» — «Man Siti»

Ushbu tur oldidan sodir bo‘lgan asosiy voqealardan biri: Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta koronavirusga chalinib, yangi yilning ilk o‘yinida jamoasiga yordam bera olmaganida bo‘ldi. «Arsenal» o‘z maydonida turnir peshqadamini qabul qildi. «Pepning Siti»si bu mavsum darhaqiqat qo‘rqinchli tus olgan bo‘lib, bo‘lajak o‘yinda g‘alaba qozonishi aniqdek ko‘rinardi.

«Arsenal» garchi eski holatiga qaytayotgan bo‘lsa ham katta armiya oldida kuchsizdek baholandi. Ammo «kanonirlar»ning «shaharliklar» uchun tayyorlagan «sovg‘asi» Gvardiolaning uzoq vaqt davomida esida qolsa ajab emas. Dastlab, Bukayo Saka 31-daqiqada gol urib, «Arsenal»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy voqealar ikkinchi bo‘limda sodir bo‘ldi. Bir vaziyatda Granit Jaka jarima maydonchasi ichida raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi, hakam esa u yerda penalti yo‘qligiga ishora qildi, lekin VARni ko‘rib, nuqtani ko‘rsatishga qaror qildi.

Riyad Mahrez o‘n bir metrlik nuqtadan unumli foydalandi - 1:1. Penalti tepilishidan oldin «kanonirlar» himoyachisi Gabriyel hakamga qarata ortiqcha gapirgani uchun sariq kartochka oldi va 2 daqiqadan so‘ng maydon markazida qo‘pollik ishlatib, ikkinchi kartochkasini olgani hisobiga, maydonni tark etishiga to‘g‘ri keldi. Qo‘shimcha vaqtda tajribali futbolchilar baribir katta sahnaga chiqdi. Rodri raqiblarining xatolaridan unumli foydalanib, hisobni jamoasi foydasiga keltirib qo‘ydi. O‘yindan so‘ng Pep Gvardiola intervyu berib, bu bahsda «Arsenal» kuchliroq o‘ynaganini, uning futbolchilari mezbonlardan biroz omadliroq ekanini alohida ta’kidladi.

«Liverpul» - «Chelsi».

Ushbu bahs «ko‘klar» chinakam xarakter ko‘rsatgan eng kuchli o‘yinlardan biri sifatida yodda qoldi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Lukaku bilan bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng jamoada qandaydir ichki mojaro avj olgani, futbolchilar o‘rtasidagi kayfiyat keskinlashgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Biroq «Liverpul»ga qarshi o‘yin buning aksini ko‘rsatdi. Tomas Tuxel belgiyalik hujumchi bilan suhbatlashib olgan. «Liverpul»ga qarshi o‘yinda Lukaku jamoa kengaytirilgan tarkibiga kiritilmadi.

Uchrashuvda Sadio Mane tezkor gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 20 daqiqadan so‘ng Muhammad Saloh hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Biroq birinchi bo‘lim so‘nggida «Chelsi» aql bovar qilmas ishlarni amalga oshirdi. Avvaliga Mateo Kovachich 42-daqiqada, Kristian Pulishich esa birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, kutilmaganda muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Amerikalik futbolchi jamoasiga g‘alaba umidlarini qaytardi.

Biroq ikkinchi bo‘lim har ikkala klubning ham samarasiz harakatlari bilan zerikarli tus oldi. Yuzaga keltirilgan bir qancha xavfli vaziyatlarga qaramay vaziyat boshqa o‘zgarmadi. Bosh hakamning final hushtagi yangragandan so‘ng har ikki klub futbolchilarining yuzlarida g‘amginlik ko‘rinardi. Albatta, ularning har ikkisi ham g‘alabaga haqli edilar va o‘yindan bundan ham ko‘proq narsani kutishgani tabiiy. Ushbu durangdan so‘ng londonliklar «Liverpul»dan bor-yo‘g‘i bir ochko ilgarilab turibdi. «Siti»ga esa yetib olishning hali beri iloji yo‘q - farq 10 ochkoga yetgan, ammo oldinda hali yarim mavsum bor. Keyinchalik Lukaku barcha muxlislardan uzr so‘rab, jamoa bilan mashg‘ulotlarni davom ettirganini ma’lum qildi, bu haqda jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel ham ishonch bilan gapirib o‘tdi.

«Manchester Yunayted» — «Vulverxempton»

Ushbu tur doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Vulverxempton»ga yutqazib qo‘ydi. Bu Ralf Rangnikning «qizil iblislar» bosh murabbiyi sifatidagi qabul qilib olgan ilk mag‘lubiyati. Mezbonlar butun o‘yin davomida qo‘ldan kelganicha kurashishdi, ammo Joau Moutinyoning yagona goli MYUning barcha sa’y-harakatlarini yo‘qqa chiqardi. O‘zi umuman, «MYU»ning o‘yinida Bruno Fernandesh maydonga chiqqunga qadar aytarli qiziq hech narsa sodir bo‘lmadi.

Uning bir qancha zarbalari darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Yana bir vaziyatda esa Ronalduning goli ofsayddan inobatga olinmadi. Unga to‘pni aynan Bruno Fernandesh oshirib bergani alohida e’tiborga molik. Uchrashuv baribir «Vulverxempton»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. «Bo‘rilar» 1980 yildan beri birinchi marta «Old Trafford»da g‘alaba qozonishni uddaladi.

«Tottenxem» —  «Uotford»

Shuningdek, 21-turning eng qizg‘in bahslaridan biri «Tottenxem» ishtirokida kechdi. Konte jamoasi sekin-asta o‘z murabbiyini tanib bormoqda. «Uotford»ga qarshi bahsda londonliklar so‘nggi daqiqalarda g‘alabani tortib olishdi. «Shporlar» ayni dam qiyin davrni boshdan o‘tkazishmoqda, futbolchilar orasida koronavirus tarqalishi sababli jamoa bir muddat karantinda edi. Ustiga ustak, konferensiyalar ligasidagi o‘yinlardan biridagi mag‘lubiyat.

O‘yinning o‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak, mezbonlarga faqat g‘alaba zarur bo‘lardi. «Uotford» esa barchaga ma’lum, quyi ligaga tushib ketmaslik uchun harakat qilmoqda. «Tottenxem» uchun kuchli to‘rtlik sari kurashish hali ham dolzarb masala hisoblanadi. Butun bahs davomida jamoa juda ham ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratdi, uyushtirilgan har bir hujum keskin tus oldi. Uchrashuv oxiriga kelib, «Uotford» durang uchun o‘ynay boshladi, ammo «Tottenxem»ning boshqa rejalari ham bor ediki, bu jamoa taslim bo‘lib qolmadi.

96-daqiqada Son jarima zarbasidan to‘pni uzatgan mahal u Sanchesga yetib bordi. Kolumbiyalik futbolchi esa bosh bilan zarba yo‘llashda adashmadi va jamoasiga muhim bo‘lgan uch ochkoni keltirdi. «Shporlar» ayni dam turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda, beshinchi o‘rindan faqat bir ochko ortdalar, kuchli to‘rtlikka kirish uchun esa 2 ochko yetmayapti xolos. Ammo keyingi tur «Tottenxem»ni «Arsenal»ga qarshi derbi kutib turibdi. Bu ko‘plab narsalarga oydinlik kiritib berishi shubhasiz.

Kiritildi: 13:09, 05.01.2022.
O'qildi: 2743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.