Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Liverpul» yulduzlari qita musobaqasini yangi butsalarda zabt etadi

«Liverpul» yulduzlari qita musobaqasini yangi butsalarda zabt etadi

Baho:
+ | -

7 yanvar Saloh uchun ajoyib kun sifatida yodda qoladigan bo‘ldi. Avvaliga u The Best sovrini uchun eng kuchli uch da’vogarlar qatoridan joy olgan bo‘lsa, keyinchalik Adidas butsalari (X Speedflow MS.1)ga ega bo‘ldi. Saloh Afrika kubogida yangicha butsalarda harakat qiladi.

Qayd etish kerak, Adidas ushbu brend ostida cheklangan miqdordagi oyoq kiyimlarni ishlab chiqaradi - 1069 juft. Bu ko‘rsatkich tasodifiy emas – unda ramziy ma’no mavjud. Salohning Misr terma jamoasi safida urgan gollari 45 ta.  Terma jamoaning eng yaxshi to‘purari Husam Hasanda esa 68 ta gol mavjud.

69 ta gol Muhammadni Misr tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylantiradi. Shuni hisobga olib, butsalar soni 1069 ta. Uning dizayni o‘ta jo‘shqin, chiroyli rang-barang kombinasiyalarga ega. Tovon qismining o‘ng tomonida minimalistik toj aks ettirilgan. Yuqori klassdagi dizayn kishini tezda o‘ziga jalb qiladi.

Ammo bu hammasi emas. Saloh  shuningdek, Adidas UltraBOOST nomi ostidagi krossovkalarining ham shaxsiy huquqiga ega bo‘ldi. Ular qora rangda bo‘lib, tagiga iyerogliflar bosib chiqilgan. Hammaga ma’lumki, bu Muhammadning tug‘ilgan joyiga ishora qiladi.

Salohdan keyin Sadio Mane ham eksklyuziv butsalarni qabul qilib oldi. Afrika kubogida senegallik futbolchi rang-barang «Furon V7 'Lions Roar» oyoq kiyimida harakat qiladi.

Uning nomi 7 yanvar kuni e’lon qilindi. O‘sha kuni New Balance o‘z tarmog‘iga Sadio animasiyasi bilan zamonaviy videoni joylashtirdi. Unda shunday deyilgan: «Men ushbu Afrika Kubogini yutish uchun barcha sovrinlarimni unga almashgan bo‘lardim. Mening vaqtim keldi».
Butsalarning pastki qismida quyidagi so‘zlar bor: «Arslonning qichqirishi». Bu keyingi avlodlarning ruhlantirish ramzi hisoblanadi.

Tashqi ko‘rinishidan butsalar ancha sovuq rangda va yorqin naqshlarga ega. Uning tovon qismida hashamatli sher va tagida bo‘yalgan yuz qiyofasidagi Manening surati aks etgan.

Kiritildi: 22:33, 10.01.2022.
O'qildi: 2851 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик