«Tottenxem» yarim himoyachisi Tanguy Ndombele «shporlar»ni tark etishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga Yevropaning oltita klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
«Barselona» va «PSJ» Ndombele bilan ishlashdan manfaatdor asosiy top-klublar sanaladi. Shuningdek, futbolchi «Roma», «Nyukasl», «Lion» va «Milan» kabi klublarni qo‘lga kiritishga qarshi emas.
Transfermarkt 25 yoshli fransiyalik futbolchini 38 million yevroga baholamoqda.