«Lids» Italiyadan futbolchi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Turinning «Torino» klubi futbolchisi Ola Ayna o‘z faoliyatini APLda davom ettiradi. U uchun eng asosiy da’vogar esa «Lids» hisoblanadi. Himoyachi Marselo Byelsaga asqotishi mumkin.
Ayna ilgari «Chelsi», «Fulxem» hamda «Xall» kabi ingliz klublarida harakat qilgan. Hozirda futbolchining transfer narxi ma’lum qilinmagan.