«Chelsi» futbolchisi Antonio Ryudiger Afrika Millatlar kubogini yaxshi ko‘radi. Nemis futbolchisi Berlinda tavallud topgan. Ammo uning kelib chiqishi Afrikaga borib taqaladi. Ryudigerning onasi Lili asli Syerra-Leone davlatidan.
28 yoshli futbolchi Syerra-Leone amaldagi qit’a chempioni Jazoir bilan durang o‘ynaganidan keyin Twitter'dagi sahifasida post joyladi. Unda Syerra-Leone bayrog‘i aks etgan bo‘lib, terma jamoaga maqtov so‘zlar yozilgan edi.