Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

O‘zbekistonning 2 ta ayollar jamoasi OFK lisenziyalashidan muvaffaqiyatli o‘tdi

O‘zbekistonning 2 ta ayollar jamoasi OFK lisenziyalashidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Osiyo futbol konfederasiyasi talabi asosida har yili erkaklar jamoalari lisenziyalash jarayonidan o‘tishi sizga ma’lum. Futbol klublarining infratuzilma jihatidan rivojlanib borishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan mazkur jarayonga O‘zbekiston Professional futbol ligasi oxirgi yillarda jiddiy e’tibor qaratmoqda.

O‘zbekiston Osiyoda birinchilardan bo‘lib ayollar jamoalarini ham lisenziyalashdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi. Xususan, ortda qolgan 2021 yilda Osiyoda ilk bora ayollar jamoalari ham sinov tariqasida lisenziyalashdan o‘tkazildi. O‘zPFL OFKning qit’ada ayollar futbolini rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan mazkur tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va OFKning so‘roviga ijobiy javob bergan holda, kam sonli mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ayollar Oliy ligasi jamoalari ilk bora lisenziyalashga ariza topshirishdi. Bunda 11 ta klub – Oliy liganing 10 ta ishtirokchisi va ko‘ngilli tarzda Birinchi liganing “Dinamo-W” jamoasi OFKning onlayn platformasi – AFC CLASga 5 asosiy tamoyil: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy, moliyaviy mezon bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plamlarini yuklab borishdi.

Yakunda, 2 ta klub – Jizzaxning “So‘g‘diyona-W” hamda Toshkentning “Bunyodkor-W” jamoalari OFK lisenziyasini qo‘lga kiritishdi.

Qit’a futbol uyushmasining rejasiga ko‘ra, 2022 yildan e’tiboran ayollar jamoalarini lisenziyalash jarayoni barcha qolgan a’zo davlatlarda ham qat’iy tatbiq etiladi. Boisi 2023 yildan boshlab ayollar jamoalari o‘rtasida to‘laqonli Osiyo Chempionlar ligasi tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda va ushbu musobaqada kelasi yildan faqat lisenziya oladigan klublargina ishtirok etadi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:38, 13.01.2022.
O'qildi: 1452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.