Fichajes xabariga ko‘ra, "Napoli" hujumchisi Dris Mertensga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" belgiyalik futbolchini Lyuk de Yongga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Kataloniya klubi 34 yoshli futbolchini mavsum yakunida, u erkin agentga aylanganda qo‘lga kiritmoqchi.
Mertens joriy mavsum “Napoli” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi. Uning bozor qiymati 5 million yevroni tashkil qiladi.













