PSJ hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Tyc Sports xabariga ko‘ra, u JCH-2022 saralashida Chili va Kolumbiyaga qarshi o‘yinlarda terma jamoaga chaqirilmaydi.
Futbolchi yaqinda koronavirusga chalingan va hali optimal holatga erishmagan. Murabbiylar shtabi bilan kelishilgan holda u dam oladi.
Argentina terma jamoasi allaqachon jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani kafolatlagan.