Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Chegaradagi «Chester»ga cheklov

Chegaradagi «Chester»ga cheklov

Baho:
+ | -

«Chester Siti» (Angliya 6-divizioni vakili) so‘nggi ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlar guvohligida o‘tkazib, har ikkisida durang qayd etdi. Endi esa, mazkur jamoaga o‘yinlarini bo‘sh tribunalarda o‘tkazmagani uchun e’tiroz bildirishmoqda. Negaligini bilasizmi?

Tushunib olish uchun ma’lumot:

*** Uelsda omikron tufayli 26 dekabrdan boshlab sport tadbirlariga muxlislar kirishiga cheklov o‘rnatilgan. Musobaqalarda maksimum 50 kishi bo‘lishi mumkin, xolos.

*** Angliyada bunday cheklov yo‘q.

«Chester» 28 dekabr (2075 tomoshabin) va 2 yanvar (2116) kunlari o‘yin o‘tkazdi. Nega endi unga e’tiroz bildirishmoqda?

*** Klub stadioni - «Deva Stedium» Angliya va Uels chegarasida joylashgan.

*** Chegara asosiy tribunaning ort qismidan o‘tadi.

*** Maydon Uelsda joylashgan, inshootga kirish qismi va ofis esa - Angliyada.

*** Stadion manzili ham ing­lizlarga xos - Chester shahri kodini olgan.

*** Chester shahri Angliyaning Cheshir grafligiga tegishli.

*** O‘yinlar payti Cheshir polisiyasi ishlaydi.

«Chester»ning 7 yanvar kuni bergan xabariga ko‘ra, klub ofisiga koronavirus  tartibini buzish ehtimoli yuzasidan xat kelgan. Asos - Uels hukumati ko‘rsatmasi, chunki stadion uelsliklar qoidalariga bo‘ysunadi. Klub endi qo‘shimcha yuridik konsultasiya bilan murojaat etishini ta’kidladi. «Chester» rahbari Endryu Morrisning aytishicha, inson salomatligini ta’minlash - klubning ustuvor vazifasi, ammo masala bo‘yicha aniq fikr bildirmagan. «Chester»ning navbatdagi uy uchrashuvi 15 yanvarga belgilangan.

Umuman, stadionning chegarada joylashgani bilan bog‘liq boshqa voqealar ham ro‘y bergan. Jumladan, 2020 yili Xellouin bayramida stadionga avtokinoteatrni olib kirmoqchi bo‘lishgan, lekin muammoga yo‘liqishgan: hojatxonalar Uels tomonda joylashgan, u yoqda esa - «lokdaun». Dastlab pullarni qaytarishga to‘g‘ri keldi, ammo keyinroq tadbir tashkilotchiligiga mas’ul Storyhouse kompaniyasi vaziyatdan chiqa oldi: ko‘chma hojatxonalarni olib keldi. O‘sha kunlari «Tvitter»da #toiletgate xeshtegi juda mashhur bo‘lgandi. Xellouinning o‘ziga esa tabiat injiqliklari xalal berdi - kuchli shamol tufayli tadbirni qoldirishga to‘g‘ri keldi.

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:39, 18.01.2022.
O'qildi: 1167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.