Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Pro liga-2022 ishtirokchi jamoalari ma’lum. Turnir formati o‘zgarmaydi

Pro liga-2022 ishtirokchi jamoalari ma’lum. Turnir formati o‘zgarmaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston professional futbol ligasi 2022 yilgi musobaqalar o‘tkazish reglamenti tasdiqlanganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2022 yilda ham Pro ligada 10ta jamoa ishtirok etadi. Superligadan Pro ligaga «Mash’al», «Andijon», «Turon» qo‘shilgan bo‘lsa, qolgan 7 jamoadan 5tasi o‘tgan mavsum ham turnirda ishtirok etgan klublar bo‘ladi - «Buxoro», «Xorazm», «Yangiyer», «Sho‘rtan», «Orol». «Zomin» va «G‘ijduvon» esa Birinchi ligadan Pro ligaga ko‘tarilishdi.

Reglamentga ko‘ra, turnir formati o‘zgarishsiz qolgan. Birinchi bosqichda klublar uy-safar tizimida 18ta o‘yin o‘tkazishadi. Ikkinchi bosqichda klublar 2 guruhga ajratiladi. Yuqori beshlik Superliga yo‘llanmasi uchun, quyi beshlik Pro-Ligada qolish uchun kurashadi. Klublar uy-safar tizimida 8ta o‘yin o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Pro-Ligada 1-2-o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Superligaga chiqadi. 3-o‘rin sohibi esa Superligada 12-o‘rinni egallagan klubga qarshi o‘tish bahsida ishtirok etadi. 10-o‘rinni egallagan jamoa Birinchi Ligaga tushib ketadi. 9-o‘rinni egallagan jamoa Birinchi Ligada 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Kiritildi: 21:39, 18.01.2022.
O'qildi: 2395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.