Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Nasaf» «Baniyas»dan o‘ta oladimi?

«Nasaf» «Baniyas»dan o‘ta oladimi?

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev "Nasaf"ning Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida Birlashgan Arab Amirliklarining "Baniyas" klubiga qarshi o‘yindagi imkoniyatlari borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Hozirgi kunda "Baniyas" BAA chempionatining o‘rtamiyona jamoasi. Ushbu klub taxminan har o‘n yilda mavsumni juda yaxshi o‘tkazadi va Osiyo chempionlar ligasi finaliga chiqadi. Shundan so‘ng yana orqaga ketadi. Ayni paytda "Baniyas" birinchi davradan (13-turdan) so‘ng 23 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa 5-o‘rindagi klubdan 5 ochko ortda qolayotgan bo‘lsa, 11-o‘rindan bor-yo‘g‘i 3 ochko oldinda bormoqda. Ya’ni, navbatdagi ochko yo‘qotishlar "Baniyas"ni yanada quyi o‘rinlarga tushirib yuboradi.

Ammo bu narsa "Nasaf"ni chalg‘itmasligi kerak. Odatda Amirlik klublari o‘z e’tiborlarini ikki yoki uch musobaqaga qaratishga o‘rganishmagan. Agar ichki chempionatda ularning ishlari yaxshi ketmayotgan bo‘lsa, ular e’tiborlarini ko‘proq BAA prezidenti kubogi yoki Osiyo chempionlar ligasiga qaratishadi. Masalan, "Al-Jazira" shunday qilgandi. Bu klub ikki marta mahalliy chempionat uchun OCHLni qurbon qilgandi.

BAA prezidenti kubogida "Baniyas" yarim finalga chiqdi va bu bilan to‘xtab qolishni istamaydi. Chunki, ushbu musobaqadagi g‘oliblik klubga OCHLda ishtirok etish imkoniyatini beradi. Shu bois, katta ehtimol bilan, "Baniyas" chempionatni qurbon qiladi.

Ammo, boshqa savol tug‘iladi: "Baniyas" Chempionlar ligasini qurbon qiladimi? Yoki bor e’tiborini ushbu turnirga qaratadimi? Nazarimda, "Baniyas" OCHLga e’tibor qaratadi. Shuning uchun "Nasaf"ga oson bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib "Baniyas" - "Nasaf" bahsida jamoalarning imkoniyatlarini 50/50 baholayman. Bunda mezbonlar uchun uy stadioni faktori muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo Abu-Dabi shahrida joylashgan bu jamoaning muxlislari unchalik ko‘p emas", — deya yozdi Nikimbayev o‘zining telegramdagi kanali orqali.

Manba: https://t.me/ANikimbaev
Kiritildi: 10:27, 19.01.2022.
O'qildi: 9187 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.