Eronlik hujumchi Serdar Azmunning «Zenit»ni tark etish ehtimoli kundan-kunga ortib bormoqda.
Hujumchining RPL klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi va tomonlar ayni dam shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olishmayapti.
Ammo Serdar qishda Rossiyani tark etishi mumkin. Nufuzli transfer ekspertlaridan biri Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi allaqachon «Lion» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan va 2026 yilning yoziga qadar bitim tuzishni reja qilgan.
«Lion» qishda «Zenit» bilan futbolchi uchun 3 million yevrolik transfer bo‘yicha muzokara olib borishga harakat qiladi.