Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

O‘zbek futboli faxriysi Elmar Aminovning qutlov marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbek futboli faxriysi Elmar Aminovning qutlov marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Milliy Olimpiya Qo‘mitasida o‘zbek sporti, xususan, futbolimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan inson Elmar Aminovning 90 yoshlik yubileyi munosabati bilan qutlov marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, To‘lagan Isoqov boshchiligidagi futbolimiz va o‘zbek sporti faxriylari, shuningdek, vazirlik vakillari ishtirok etdi.

Marosimda 1959-yil O‘zbekiston futbol federasiyasiga asos solinganida, Elmar Alimovich ushbu tashkilotning rahbari etib tayinlanib, tashkilotning poydevoriga dastlabki tamal toshlarini qo‘yganligi yuksak hurmat bilan e’tirof etildi.

Shuningdek, Elmar Amilovning “Paxtakor” jamoasi boshlig‘i, Sobiq Ittifoq davrida mamlakatimiz sport qo‘mitasi rahbari, 1990-1992-yillarda O‘zbekiston futbol federasiyasining birinchi vise-prezidenti sifatidagi namunali faoliyatlari yodga olinib, mamlakatimizda futbolini rivojlantirishda qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Tadbir davomida Elmar Alimovichga O‘FAning maxsus esdalik sovg‘asi topshirildi. O‘z navbatida, Elmar Alimovich davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan mamnun ekanini bildirdi va barchaga o‘zining tashakkurini izhor qildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 15:44, 24.01.2022.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.